Tizimli qizil yugurik
Tizimli qizil yugurik TQYU – etiologiyasi noaniq surunkali autoimmun kasallik boʻlib, aʼzolar va toʻqimalarning immun yalligʻlanishi va aʼzolar yetishmovchiligi bilan namoyon boʻluvchi kasallik[1].
Kasallik statistikasi
tahrirBu kasallik erkaklarga nisbatan oʻsmir qizlar va yosh ayollarda yaʼni reproduktiv yoshda 11-30 yoshgacha ayol va qizlarda koʻproq uchraydi. Kasallik ayollarda erkaklarga nisbatan 1:10 nisbatda kuzatiladi. Kasallanish har 100000 aholidan 5 tasida kuzatiladi. Yevropa va Shimoliy Amerikada har 100000 aholining 40 tasi shu kasallikga chalinadi[2].
Kasallik etiologiyasi
tahrirNoaniq holda. Tarixiy kuzatuvlar asosida kasallik bakteriyalardan: streptokokk, sil tayoqchasi, stafilokokk kabi bakterial faktorlar; surunkali virusli infeksiyalar: RNK saqlovchi va retroviruslarda; genetik faktorlar: HLAA1, B8, DR2, DR3 genotipga ega odamlarda kuzatiladi[3].
Kasallikni qoʻzgʻatuvchi omillar
tahrir- Antibakterial ingolatsiya
- Vaksinatsiya
- Sovuqqotish
- Turli infeksiyalar
- Oʻsma kasalliklari
Bu kasallik „tizimli kasallik“ boʻlgani uchun ham barcha sistemaga taʼsir oʻtkazmay qolmaydi[4].
Kasallikni tasdiqlovchi belgilar
tahrir- „Kapalak“ simptomi.
Bu belgi tananing yuz sohasida, peshonada, burun, yanoqlar va iyakda qizil toshmalar koʻrinishida „kapalak“ shaklini hosil qiladi[5].
- LE hujayrasi yoki ANF titrining yuqoriligi
Biriktiruvchi toʻqima shikastlanganda zararlangan oʻchoqda amorf massali yadroning Kumbas reaksiyasida musbat qiymatga ega boʻlishi.
- Tana haroratining 37,5 dan yuqori ekanligi doimiy va bir vaqtda sodir boʻlishi, bosh, quloq, chanoq sohasida ogʻriq .
- Tanada alergik belgilar qizil toshmalar yoki tangacha dogʻlar paydo boʻlishi.[6]
Kasallik darajalari
tahrir- Oʻtkir
- Oʻtkir osti
- Surunkali
Surunkali shaklining oʻzi ham notartib fazalarga boʻlinadi:
A)Qaytalanuvchi poliartit yoki Serozit;
Faollik darajasi: yuqori(3), oʻrtacha(2), minimal(1)
Nofaol darajasi: remmesiya.
Manbalar
tahrir- ↑ Sistemnaya krasnaya volchanka
- ↑ https://www.msdmanuals.com/en-gb/professional/musculoskeletal-and-connective-tissue-disorders/autoimmune-rheumatic-disorders/systemic-lupus-erythematosus-sle
- ↑ https://www.mediccity.ru/directions/587
- ↑ https://www.amboss.com/us/knowledge/Systemic_lupus_erythematosus
- ↑ https://en.wikipedia.org/wiki/Lupus_erythematosus
- ↑ https://w.wiki/AK5tAugust[sayt ishlamaydi]