Toʻkin payshanba
Toʻkin payshanba (Kir payshanba, Ayollar payshanbasi; polyakcha: tłusty czwartek; morav. Tučny, Tłustý čtvrtek; slovencha: Debelnica, Debeli, Tolsti četrtek[1]; veng.: torkos csütörtök; nemischa: Fetter Donnerstag, Schmotziger Donnerstag ; grekcha: Τσικνοπέμπτη; italyancha: Giovedì Grasso; kat. Dijous Gras) — baʼzi Yevropa xalqlari orasida Katta postdan oldingi oxirgi payshanbaning mashhur nomi. Undan keyingi juma va shanba roʻza (aniqrogʻi, post) kunlari boʻlib, yakshanba, dushanba va seshanba kunlari kamtarona ovqatlanishadi.
Polsha anʼanalari
tahrirGarchi hozir, odatda, roʻza tutilmasa ham, payshanba kuni ular hali ham sergoʻsht mazali taomlar tayyorlashadi, choʻchqa yogʻida anʼanaviy boʻgʻirsoqlar (polyakcha: pączki), quymoqnon, parmuda bulka, qushtili (polyakcha: racuchy, pampuchy, faworki) pishiriladi. Shaharlarda, toʻkin payshanba kuni boʻgʻirsoqlar doʻkonlarda ham, baqqollarda ham sotiladi. Olkushskiy povyatida uy bekalari qadimda qovoqxonaga boʻgʻirsoqlar va quymoqnonlarni olib ketishgan va u yerda dam olishgan, musiqa tinglab raqsga tushishgan, iloji boricha balandroq sakrashga harakat qilishgan, chunki shunda nasha balandroq oʻsadi, deb ishonishgan.
Poznan voyevodaligida payshanba kuni qizlar yigitlar uchun sumber, sumper (polyakcha: cumber, cumper) uyushtirishgan, ularni mehmon qilishgan, oʻtirishga kelganlari uchun aroq bilan siylashgan. Ayollar bayrami (polyakcha: babski comper) deb ataluvchi Krakov koʻcha savdogarlarining kayfichogʻligi oldindan maʼlum. Pyaski chekkasidan kelgan maskaradli savdogarlar somon qoʻgʻirchoqni Rinokka (Krakovning markaziy maydoni) sudrab olib chiqib, rastalar atrofida raqsga tushishgan (polyakcha: sukiennice — savdo qatorlari), koʻchalar boʻylab yugurib, erkaklarga tegishib, choychaqa bermasa, raqsga tushishga majburlashgan. Ayniqsa boʻydoqlarga koʻproq osilishgan. Eng qizgʻin lahzada ayollar somon qoʻgʻirchoqni yirtib tashlashgan. Savdogarlar turli-tuman ovqatlar olib kelishgan va ular bilan birga raqsga tushgan erkaklarni siylashgan. Ayollar bayrami xuddi shunday tarzda Chenstohova yaqinidagi Seveje shahrida nishonlangan. Ayollar koʻchalar va maydonlar boʻylab yurib, raqsga tushishgan, odamlarni ushlab, ularni oʻyin-kulgiga chorlashgan. U sombjich, sembjich (polyakcha: combrzyć, cembrzyć) deb atalgan. Somber Polshaning markaziy hududlarida ham amalda boʻlgan[2].
Yana qarang
tahrir
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Агапкина Т. А.. Мифопоэтические основы славянского народного календаря. Весенне-летний цикл, Традиционная духовная культура славян. Современные исследования. М.: Индрик, 2002.
- Ганцкая О. А. „Поляки“, . Календарные обычаи и обряды в странах Зарубежной Европы. Конец XIX — начало XX в. Весенние праздники. М.: Наука, 1977 — 202–220-bet.
Havolalar
tahrir- Polsha taʼmi: Toʻkin payshanba (radiopolsha.pl)
- [1]Toʻkin payshanba — Polsha Maslenitsasi (delo-vcusa.ru)
- [2]Toʻkin payshanba (exler.ru)