Toʻlan Nizom (taxallusi; asl ismsharifi Nizomiddinov Toʻlanboy) (1939.17.8, Boʻz tumani) – Oʻzbekiston xalq shoiri (1998). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1965). Yoshlar tashkilotlarida rahbar (1965— 76), tuman xalq taʼlimi boʻlimida mudir (1976—1983), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimida masʼul kotib (1983—1985), Boʻz pedagogika bilim yurtida direktor (19852001). Birinchi sheʼriy toʻplami – „Sening ertaklaring“ (1970). Shundan soʻng T. N.ning „Iftixor“ (1982), „Oy qizlar“ (1988), „Muqaddas ruh“ (1993), „Vatan tuygʻusi“ (1993), „Chaman ichra“, „Akssado“, „Intizorlik“ (1994), „Daqr bogʻi“ (1995), „Saylanma“ (1998) kabi sheʼriy toʻplamlari eʼlon qilingan. T. N. soʻnggi yillarda liroepik janrlarda samarali ijod qilib, Bobur, Mashrab, Choʻlpon, Mirtemir, Usmon Nosir, S. Zunnunova, M. Yusuf singari siymolarga bagʻishlangan „Choʻlpon“, „Majnuntol yigʻisi“, „Ruhi ravonim“ (1993), „Uch soʻz“ (1995), „Oq gul“, „Botmay qolgan oy“ (1996), „Alisher“ (2003) singari doston va lirik qissalarini yezdi. „Non hidi“ (1998), „Suhbat“ va Qamchiq dovoni qurilishiga bagʻishlangan „Dovon“ (2002) dostonlari muallifi. „Mehnat shuxrati“ ordeni bn mukofotlangan (2003).

Toʻlan Nizom
Asl ismi Toʻlanboy Nizomiddinov
Tavalludi 17-avgust 1939-yil
Taxallusi Toʻlan Nizom

Unvon va mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir