Toʻlqin Hayit, (1957-yil 15-noyabr, Sariosiyo tumani, O'zbekiston SSR) — yozuvchi[1], ssenariynavis[2][3], Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi (1998-yildan), O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi[4], „Eng ulug‘, eng aziz“ Respublika ko‘rik-tanlovining g‘olibi (2009), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2011), Qirg‘iziston Respublikasi FA ning Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot sovrindori (2020)[5].

Toʻlqin Hayit
Tavalludi 15-noyabr 1957-yil (1957-11-15) (66 yosh)
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Shoh asari "Meni kechir, bolajon" (1991)
"Dashnobod hangomalari" (1992)
"Vafo malikasi" (2005)
"Qora Shahzoda" (2007)
"Ulug‘ Amir o‘gitlari" (2004)
"Shohi Zinda" (2005)
"Amir Temur haqida hikoyalar" (2009)
Mukofotlari „Eng ulugʻ, eng aziz“ Respublika ko‘rik-tanlovining g‘olibi (2009)
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2011)
Qirg‘iziston Respublikasi FA ning Xalqaro Chingiz Aytmatov mukofoti sovrindori (2020-yil)

Hayoti va taʼlimi tahrir

To‘lqin Hayit 1957-yil 15-noyabrda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani Dashnobod qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Hayitovlar oilasida dunyoga kelgan[6]. 19751981-yillarda Respublika rus tili va adabiyoti instituti talabasidir. 19811985-yillarda Surxondaryo viloyat, Sariosiyo tumani, 79 maktabda o‘qituvchilik qilgan. 19851991-yillarda „Yosh leninchi“ gazetasi korrektori, bo‘lim mudiri boʻlib ishlagan. 19911992-yillarda O‘zbekiston bolalar fondi masʼul kotibi, 19932006-yillarda „O‘zbekiston“ davlat teleradiokompaniyasi bosh direktor o‘rinbosari, bosh muharriri, katta muharriri, guruh rahbari. 20062012-yillarda „O‘zbekiston“ nashriyot-matbaa ijodiy uyi „Tong yulduzi“ gazetasi bosh muharriri. 20122013-yillarda „Tengdosh“ gazetasi bosh muharriri. 2013-yildan buyon O‘zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi lavozimida ishlab kelmoqda.

Asarlari tahrir

„Meni kechir, bolajon“ (1991), „Dashnobod hangomalari“ (1992)[7], „Vafo malikasi“ (2005)[8], „Qora Shahzoda“ (2007)[9] nasriy asarlari va „Ulug‘ Amir o‘gitlari“ (2004)[10], „Shohi Zinda“ (2005)[11], „Amir Temur haqida hikoyalar“ (2009) kabi tarixiy janrdagi asarlari chop etilgan[6][12][13].

Roʻyxati

N. Asar nomi Asar turi va mavzusi Nashr etilgan yili, joyi va nashriyoti Adadi
1. Meni kechir, bolajon! Voqeiy hikoyalar va badialar 1991-y., Toshkent „O‘zbekiston“, nashriyoti. 20 ming nusxa.
2. Dashnobod hangomalari Hikoyalar va latifalar 1992-y., Toshkent, G‘.G‘ulom nashriyoti 10 ming nusxa.
3. Turon tunlari Roman 1996-y., Toshkent, „O‘zbekiston“ nashriyoti 5000 nusxa.
4. Ulug‘ Amir o‘gitlari Risola, F.Nabiyeva bilan hamkordikda 2003 y, Toshkent, „Navro‘z“ nashriyoti 1000 nusxa.
5. Shohi Zinda Risola 2005 y, Toshkent, „Yangi asr avlodi“ nashriyoti 4000 nusxa.
6. Vafo malikasi romanining yozilish tarixi Risola 1996-y „O‘zbekiston“, Toshkent, nashriyoti. 2-nashri: „Yangi asr avlodi“. 5000 nusx.

1000 nusxa

7. Qora shahzoda Roman 2008-yil, Toshkent „Sharq“ NMAK. 5000 nusxa.
8. Boyvachchaning qizi Qissa va hikoyalar. 1 nashri — 2008 y, Toshkent „O‘zbekiston“ NMIU

2 nashri — 2013-y, Toshkent „O‘zbekiston“ NMIU

3000 nusxa3000 nusxa.
9. Amir Temur haqida hikoyalar Hikoyalar 2009-y, Toshkent, „O‘zbekiston“ NMIU 3000 nusxa.
10. Odamning yaxshisi Hikoyalar 2011-y, Toshkent „Movarounnahr“ nashriyoti 500 nusxa.
11 Bahouddin Naqshband yohud Buroq vodiysi qissasi Roman 2014-yil, Toshkent, „Yangi asr avlodi“ 5000 nusxa
12. Amir Temur xazinasi Kichik qomusiy kitob 2015-y., Toshkent, „Yangi nashr“. 3000 nusxa.
13. Temuriy ijodkorlar Risola 2016-y., Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi NMIU 500 nusxa.
14. Buyuk salohiyat sohibi Amir Temurning yoshlik yillari haqida hikoyalar. 2016 y, Toshkent, „O‘qituvchi“ NMIU 3000 nusxa.
15. Amir Temur qalbida chaqnagan nur Suhbat-kitob 2016-y, Toshkent „O‘qituvchi“ NMIU.
16. Baqo guli Roman "Sharq" NMAKda nashr etilmoqda.

Oilasi tahrir

Otasi — Hayitov Mingboy 1924-yil, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tugʻilib, 1994-yilda vafot etgan. Sariosiyo tuman Dashnobod davlat xo‘jaligi ishchisi boʻlgan.

Onasi — Hayitova (Muhammadiyeva) Sora 1932-yil, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tugʻilgan. Uy bekasi boʻlgan. 2010-yilda vafot etgan.

Turmush o‘rtog‘i — Hayitova (Tursunova) Muazzam Kenjayevna 1961-yil, Surxondaryo viloyati Toshkent shahar „Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi“ nashriyoti muharriri.

O‘g‘li — Hayitov Umid To‘lqinovich. 1986-yil, Surxondaryo viloyati, Yangi O‘zbekiston nashriyoti direktori.

Qizi — Hayitova Sevara To‘lqinovna. 1988-yil, Surxondaryo viloyati. Uy bekasi.

Qizi — Hayitova Saodat To‘lqin qizi. 1994-yil, Surxondaryo viloyati. Uy bekasi.

Qizi — Hayitova Maxfuza To‘lqin qizi. 1998-yil, Surxondaryo viloyati, Temuriylar tarixi davlat muzeyi rassom-dizayneri.

Manbalar tahrir

  1. „Qalbimiz oftobi hech qachon soʻnmasin!“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  2. „Amir Temur haqida multfilm ishlab chiqariladi“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  3. „Amir Temur haqida multfilm ishlab chiqariladi“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  4. „Temur bobomiz bunyod etgan Shahristonga sayohat“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  5. „To‘lqin Hayit *“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  6. 6,0 6,1 „To‘lqin Hayit (1957)“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  7. „Dashnobod hangomalari“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  8. „Vafo malikasi“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  9. „Qora Shahzoda“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  10. „Ulug‘ Amir o‘g‘itlari“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  11. „Shohi Zinda“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  12. „Amir Temur hayotiga bagʻishlangan kitoblar“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.
  13. „Amir Temur haqida hikoyalar“. 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-aprel.