Toʻrabek Osmanov (1983-yil 3-may, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi – 1937-yil 4-oktyabr) – bankir, SSSR davlat bankining Qozogʻistondagi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 1937-yilgi siyosiy qatagʻon qurboni[1].

Toʻrabek Osmanov
qozoqcha: Төребек Османов
Tavalludi 3-may, 1893-yil
Vafoti 4-oktyabr, 1937-yil (44 yoshda)
Turmush oʻrtogʻi Osmanova Fotima
Bolalari Aytgul, Laura, Zamira

Biografiyasi

tahrir

Toʻrabek Osmanov 1983-yil 3-may kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Uning otasi dehqon va chorvador edi. Oʻzi tugʻilib oʻsgan qishlogʻidagi rus maktabini 1906-yilda bitirgan. 1910-yil Toshkent oʻqituvchilar seminariyasiga qabul qilinadi. Seminariyani tamomlaganidan soʻng, boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi mutaxassisligini oladi. 1916-yilda Toshkent okrugidagi maktablardan birida oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Shu bilan birgalikda, maktabining moliyaviy ishlari bilan ham shugʻullangan. Toʻrabek Osmanov 1917-yil SSSR Davlat bankining Toshkent idorasida buxgalter yordamchisi boʻlib ishlagan. 1920-yildan 1921-yilgacha Oqmachit xalq komissarligida hisobchi, 1921-1922-yillarda Toshkent isteʼmolchilar kooperatsiyasi rahbari sifatida ishlagan. 1922-yilda Qiziloʻrda ijroiya qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlangan. Toʻrabek Osmanov 1925-yil Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzoligiga qabul qilingan. 1925-yil oʻrtalarida Qiziloʻrda sanoat bankiga rahbarlik qilgan. 1926-yil oktyabr oyida esa, Qozogʻiston SSR qishloq xoʻjaligi birlashmasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu bilan birga Qiziloʻrda sanoat bankida ham faoliyatini davom ettirdi. Toʻrabek Osmanov 1927-yilda SSSR Davlat bankining Qozogʻistondagi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishladi[2]. 1928-yilda u Qozogʻiston agrar bankiga boshqaruvchi sifatida ishlaydi. Uning bevosita taklifi va tashabbusi bilan Olmaota iqtisodiyot texnikumi tashkil qilindi.

Toʻrabek Osmanov 1937-yil 4-oktyabrda vafot etgan.

Xotirasi

tahrir
  • Qiziloʻrda viloyatining markazida koʻchalarning biriga Toʻrabek Osmanov nomi berilgan.
  • Rejissor Beybet Xusanbekov tomonidan Toʻrabek Osmanov hayotiga bagʻishlab, hujjatlli filmni suratga olingan.

Manbalar

tahrir