Toʻraxo Asadullayev (1941.14.4, Kasbi tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1994). Qarshi pedagogika institutini tugatgan (1966). 1972-75 yillarda Kasbi tumanidagi 13-maktabda yetakchi, 1975-yildan 20-maktabda, 1995-yildan 2-maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Asadullayev oʻzining pedagogik faoliyati davomida butun diqqat-eʼtiborini oʻquvchilarga puxta bilim berish, ularning dunyoqarashini shakllantirish, ol-gan bilimlari asosida mustaqil fikrlashga qaratdi. Asadullayev maktabda namunali oʻzbek tili va adabiyoti kabinetini tashkil etgan. „Oʻqituvchi ijodkorligi dars samaradorliga“ mavzuidagi metodik qoʻllanmasi chop etilgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil