Toʻrt fasl (italyancha: Pizza Quattro Stagioni) — bu toʻrt qismga boʻlingan, har biri yilning maʼlum faslini ifodalovchi toʻrt xil masalliqli italyan pitsasi[1]. Artishok bahorni, pomidor yoki rayhon yozni, qo‘ziqorinlar kuzni, vetchina, proshutto va zaytun donalari esa qishni anglatadi[2]. Italiyada oʻta mashhur boʻlgan bu pitsa mamlakatning „klassik“ va „mashhur“ pitsasi deya taʼriflanadi[3][4]. U kaprichoza pitsasining variantlaridan biridir[5].

Tayyorlanishi tahrir

Pizza xamiri ustiga pomidor qaylasi surtiladi va koʻz bilan taxminan toʻrt qismga boʻlinadi. Har bir qism ustiga qoʻziqorin, artishok (yangi pishirilgan yoki konservalangan), pomidor va motsarella, vetchina yoki boshqa masalliqlar qoʻyib chiqiladi. Pitsa pishgandan keyin nam tortib qolmasligi uchun baʼzi qoʻshimcha mahsulotlarni avvaldan gaz pechida quritib, namlik darajasini pasaytirib olsa ham boʻladi. Pitsaning ustki qismiga qolgan motsarella va zaytun moyini sepish mumkin. Shundan soʻng pitsa pishirib olinadi. Tayyor pitsa boʻlaklarga boʻlinadi yoki toʻrt qismga ajratiladi. „Toʻrt fasl“ pitsasini vegetarianlar uchun ham tayyorlash mumkin, buning uchun vetchinavegetariancha varianti bilan almashtiriladi[6].

Manbalar tahrir

  1. Galli, F.. The Il Fornaio Baking Book: Sweet and Savory Recipes from the Italian Kitchen. Chronicle Books, 2001 — 107 bet. ISBN 978-0-8118-3297-7. 
  2. Gemignani, T.; Morgan, D.; Peterson, S.. Pizza: More than 60 Recipes for Delicious Homemade Pizza. Chronicle Books, 2012 — 43—44 bet. ISBN 978-1-4521-1276-3. 
  3. Rathbun, A.J.; Holt, J.. Double Take: One Fabulous Recipe, Two Finished Dishes, Feeding Vegetarians and Omnivores Together, Non Series. Harvard Common Press, 2010 — 146–147 bet. ISBN 978-1-55832-424-4. 
  4. Criscitello, A.. Pizze, focacce e calzoni, Delicatezze in cucina (it). Giunti Demetra, 2002 — 45–47 bet. ISBN 978-88-440-2518-2. 
  5. „La rinascita della pizza Capricciosa“. lacucinaitaliana.it (2018-yil 1-avgust). 2021-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-fevral.
  6. Marcangelo, J.; Birch, C.. Italian Vegetarian Cooking. Inner Traditions/Bear, 1984 — 84 bet. ISBN 978-0-89281-343-8.  (Wayback Machine saytida 2020-08-05 sanasida arxivlangan)

Manbalar tahrir