Toʻrtlamchi sistema geologiyasi

Toʻrtlamchi sistema geologiyasigeologiyaning Yer tarixidagi toʻrtlamchi sistemasi va unga moye keladigan davrini oʻrganadigan boʻlimi. 1920—30 yillarda mustaqil fan sifatida shakllandi.

Toʻrtlamchi sistema geologiyasig.ning mustaqil fanga ajratilishi uning fanerozoy sistemasi boshqa davrlaridan ancha farq qilishi bn bogʻliq. Toʻrtlamchi davr tarixini qayta tiklashda undan qadimroq boʻlgan sistemalarga nisbatan stratigrafik yotqiziqlarni mukammalroq oʻrganish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, Toʻrtlamchi sistema geologiyasig. uchun geomorfologik va palinologik tadqiqotlar oʻtkazish muhim ahamiyatga egadir. Shu bois Toʻrtlamchi sistema geologiyasig. Yerning hozirgi vaqtdagi koʻrinishini oʻrganuvchi geomorfologik, iklimshunoslik, tuproqshunoslik, zoologiya, botanika, arxeologiya, muhandislik geologiyasi kabi fanlar bn bogʻliq.

Geologiyaga maʼlum boʻlgan izlanish metodlari bn bir qatorda Toʻrtlamchi sistema geologiyasig.da radiouglerod, termolyuminessent, kriolitologik, paleomagnit, paleoantropologik va arxeologik maxsus metodlardan foydalaniladi.

Toʻrtlamchi davr — odamzod va insoniyatning shakllanish va rivojlanish davridir. Buning eng dastlabki bosqichlari toʻgʻrisida inson moddiy madaniyati qoldiqlari dalil boʻla oladi. Undan toʻrtlamchi davr yotqiziklari stratigrafiyasidan xulosa chiqarish mumkin.

Toʻrtlamchi sistema geologiyasig. vujudga kelishi va rivojlanishiga rus olimlari, P. A. Kropotkin, A. P. Pavlov, S. N. Nikitin, V. A. Obruchev, I. P. Gerasimov, shuningdek, avstriyalik geolog olimlar A. Penk, E. Brikner, nemis olimi P. Voldshtedt, amerikalik olimlar R. Flint, F. Seyner va boshqa katta hissa qoʻshdilar.

Toʻrtlamchi sistema geologiyasig. masalalari Toʻrtlamchi davrni oʻrganish boʻyicha Xalqaro assotsiatsiya (JNQVA, INKVA, International Union for Qvaternaru research 1932-yilda tashkil qilingan) konfesslari, xalqaro geologiya va geografiya kongresslar va boshqa da muhokama qilinadi. Toʻrtlamchi sistema geologiyasig. muammolari maxsus davriy adabiyotlarda yoritiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. „Toʻrtlamchi sistema geologiyasi“ OʻzME. T-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil