Toʻxta Qobilov (1896-yil, Samarqand – 1938-yil, Toshkent) – Samarqand va Karmana shahar militsiyasi boshligʻi. Stalin davri qatagʻoni qurboni boʻlgan.

Toʻxta Qobilov
Tavalludi 1896-yil
Arabxona qishlogʻi, Samarqand tumani
Vafoti 1938-yil
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Taʼlimi Stalin nomidagi Kommunistik universitet
Faoliyat yillari 1920—1937

Biografiyasi tahrir

Toʻxta Qobilov 1896-yilda Samarqand tumanidagi Arabxona qishlogʻida tugʻilgan. Oilasi kambagʻal dehqonlardan boʻlgan. Oʻrta taʼlim olgan. 1919-yilning 18-martidan kommunistik partiya aʼzosi hisoblanadi. Otasi 1927-yilning 8-mayida vafot etgan.

Toʻxta Qobilov 1917-yildan 1920-yilga qadar mavsumiy ishlarda ishlab roʻzgʻor tebratadi. 1920-yildan boshlab turli xil vazifalarda faoliyat yuritadi. Dastlab shu yili Arabxona qishloq sovetida kotib vazifasida ishlaydi. Bu ishda 1922-yilga qadar qoladi. 1922-yildan 1923-yilgacha Dargʻom tumanidagi Juma temiryoʻl stansiyasida artel raisi boʻlgan. 1923—1924-yillarda Ikromov tumani tuman matbuot kooperatsiya raisi, 1924—1926-yillarda Daul volosti ijroqoʻmi kotibi, 1926—1929-yillarda Samarqand va Karmanada shahar militsiyasi boshligʻi boʻlgan[1]. Keyinchalik katta tergovchi lavozimiga tayinlangan. 1929-yildan 1930-yilga qadar kolxoz raisi boʻlgan. 1932-yilning sentyabr oyidan Ikromov tumani partiya qoʻmitasida instruktor vazifasida ishlaydi. 1933—1935-yillarda betobligi tufayli ishlamaydi. 1936-yilning 1-iyulidan Ikromov tumani ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari boʻlib ishlagani toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Shaxsiy varaqasida 1927-yilda okrug maʼmuriy boʻlimi tomonidan bosmachilikka qarshi kurashgani uchun soat bilan, 1935-yilda Oʻzbekbirlashuv tomonidan bir oylik maosh bilan taqdirlangan[2].

1930-yildan 1932-yilgacha Stalin nomidagi Kommunistik universitetda tahsil olgan. III toifali partiya boʻlimini tamomlagan.

1938-yilning 15-oktyabrda SSSR Oliy Sudi Harbiy kollegiyasining sud majlisida oʻlimga hukm qilinadi. Hukm ijrosi oʻsha kuni taʼminlanib, otib tashlanadi.

Kommunistik partiyaning XX syezdidan soʻng realibitatsiya qilingan.

Manbalar tahrir

  1. Rustambek Shamsutdinov. Коллективлаштириш ва “катта террор” даврида қатагон қилинган ватандошларимизнинг xoтиpa китоби. Тошкент: Янги аср авлоди, 2015 йил — 335—336 bet. ISBN 978-9943-27-589-9. 
  2. Rustambek Shamsutdinov. Oʻzbekistonda sovetlarning qatagʻon siyosati va uning oqibatlari (1-kitob). Sharq Toshkent 2012 — 234 bet. ISBN 978-9943-00-481-8.