Toʻxta Rahmonova
Toʻxta Rahmonova (1921.5.6, Toʻrtkoʻl — 1984.4.2, Nukus) — qoraqalpoq aktrisasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1950). 1934-yildan Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq teatrida ishlagan. Tabiatan jarangdor ovozi bilan musiqali drama janrida drama va vokal kompozitsiyalarini uygʻunlashtirgan holda toʻlaqonli obrazlar yaratdi. Qoraqalpoq teatrining musiqali drama janridagi yutuqlari R. ijodi bilan bogʻliq. Gulsara ("Gulsara"), Layli ("Layli va Majnun"), Oypari ("Kuklenbotir"), Gulparchin ("Alpomish"), Oysanam ("Suymaganga suykanma"), Oygul ("Oygul va Obod"), Shohsanam ("Oshiq Gʻarib") kabi rollari bilan shuhrat qozondi. Xonanda sifatida oʻzbek va qoraqalpoq qoʻshiqlarini ijro etgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |