To‘q tutun rangli albatros
To‘q tutun rangli albatros[1] (lotincha: Phoebetria fusca) — albatrossimonlar oilasiga mansub dengiz qushi.
To‘q tutun rangli albatros | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Qushlar |
Oila: | Albatrossimonlar |
Urugʻ: | Tutun rangli albatroslar |
Turlari: | To‘q tutun rangli albatros |
Xalqaro ilmiy nomi | |
Phoebetria fusca (Hilsenberg, 1822) | |
Sinonimlari | |
Phoebetria fusca (Hilsenberg, 1822) | |
Tavsif
tahrirTo‘q tutun rangli albatrosning uzunligi 84 dan 89 sm gacha, qanotlarining uzunligi 49 dan 54 sm gacha boʻladi. Qanotlari kengligi 203 sm.
Qushlarning vazni 1,8 dan 3,03 kg gacha boʻladi. Moda qushlar odatda erkak qushlardan bir oz yengilroq, tumshugʻi kichikroq, oyoqlari ingichka, dumlari qisqaroq va qanotlari biroz kaltaroq boʻladi[2].
Balogʻat yoshiga yetgan qushlarning patlari quyuq shokolad rangdan kul ranggacha boʻlgan oraliqda deyarli bir xil rangga ega boʻladi. Koʻpgina qushlarning boshi boshning orqa qismi, qorin va qanotlar rangidan ancha toʻq boʻladi. Qushlarning koʻz atrofida oq rangda halqasi bor. Oyoqlari va panjalari och pushti yoki kulrang boʻladi. Tumshugʻining chetlarining rangi yorqinroq boʻlib, oq rangli chiziq boʻlib koʻrinadi.
Yosh qushlarda esa koʻz halqasi va tumshuq naqshlari toʻqroq boʻladi.
Tarqalish
tahrirTo‘q tutun rangli albatros Atlantika va Hind okeanlarining janubida yashaydi. Ko‘pgina qushlar Tristandaлunya, Gof va Shahzoda Eduard orollarida uya quradilar. Kichik koloniyalar Krozet, Kerguelen, Amsterdam va Sentpol orollarida ham ko‘payadi.
To‘q tutun rangli albatroslar ko‘payish davridan tashqari paytlarda 30° janubiy kenglikdan janubda qoladi. Ba'zida qushlar noto‘g‘ri ravishda Yangi Zelandiyaga odatdagidan sharqqa uchib ketishadi. Hind okeanining janubi-g‘arbiy qismida ular janubda 64° janubiy kenglikda yashaydilar[2].
Ko‘payish
tahrirTo‘q tutun rangli albatroslar har yili ko‘payadi. Uya qurish davri oktyabr oyida boshlanadi. Ular o‘sgan va himoyalangan qoyalarda kichik, bo‘shashgan koloniyalarda uyalarini joylashadi. Uya o‘simliklardan yerga quriladi va ichkaridan o‘t bilan qoplanadi. Faqat bitta tuxum qo‘yiladi. Tuxumi qizil-jigarrang dog‘larga egan oq rangda bo‘ladi. Inkubatsiya muddati 65 dan 75 kungacha. Yosh qushlar 145-178 kundan keyin mustaqil bo‘ladi. Uya qurishda, tuxumni bosib yotishda va polaponni boqishda ikkala ota-ona qushlar birdek ishtirok etadilar[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Бёме Р. Л., Флинт В. Е. Пятиязычный словарь названий животных. Птицы. Латинский, русский, английский, немецкий, французский / Под общ. ред. акад. В. Е. Соколова. — М.: Русский язык, РУССО, 1994. — С. 15. — 2030 экз. — ISBN 5-200-00643-0.
- ↑ 2,0 2,1 Shirihai, S. 130
- ↑ Shirihai, S. 132
Adabiyot
tahrir- Klaus Odening: Antarktische Tierwelt, Einführung in die Biologie der Antarktis. Schriftenreihe Berliner Tierpark-Buch. Bd 37. Urania, Leipzig 1984
- Hadoram Shirihai: A Complete Guide to Antarctic Wildlife — The Birds and Marine Mammals of the Antarctic Continent and Southern Ocean, Alula Press, Degerby 2002, ISBN 951-98947-0-5