To‘qqiz ajdaho (rasm)
Toʻqqiz ajdaho (九龍圖卷; Jiǔlóngtú juǎn) – xitoylik rassom Chen Rongning hendskrol uslubidagi rasmi[1]. 1244-yilda chizilgan ushbu rasmda bulut va tumanlar hamda togʻlar va olov orasidan koʻtarilayotgan 9 ta ajdaholar tasvirlangan. Kartina Daosizmdagi tabiatning dinamik kuchlari va Dao gʻoyalariga ishora qiladi[2]. Undagi ajdaholar Ajdarlar qirolining oʻgʻillari sifatida eʼtirof etilgan. Ularning soni toʻqqizta ekani sababi esa ushbu raqamning Xitoy astrologiyasi va xalq eʼtiqodida muqaddas deb hisoblanishi bilan bogʻliq[3].
To‘qqiz ajdaho | |
---|---|
: ' | |
Rassom | Chen Rong |
Yil | 1244-yil |
Tur | Xuan qog‘oziga siyoh va bo‘yoq bilan |
Oʻlchami | 46.3 cm × 1496.4 cm (18.2 in × 589.1 in) |
Joylashuvi | Museum of Fine Arts, Boston |
17-asrda asar shahzoda Geng Jimaoning oʻgʻli va Shunji imperatorining saroy xizmatchisi Geng Chjaozhongga (1640-1686) tegishli edi. Keyinchalik Qianlong imperatori (1711–1799) uni Jiaqing imperatoriga (1760–1820) topshirgan va ehtimol u keyingi Qing imperatorlaridan biri [4] tomonidan shahzoda Gongga (1833–1898) berilgan. Kartina 1917-yil 14-iyunda „Yamanaka and Co.“ kompaniyasi tomonidan Boston tasviriy sanʼat muzeyiga 25 000 dollarga sotilgan[5].
Bir nechta epizodlarni oʻz ichiga olgan kartinani oʻqish oʻng tomondan boshlanib, chapda tugaydi. Chap tomonda kolofonlar (asar haqida kichik maʼlumot) bor. Ular orasida Chjan Sicheng va Dong Sikyu kabi Sun sulolasi amaldorlariga tegishli yozuvlar ham mavjud. Ikkita yozuvni esa rassomning oʻzi yozgan[6].
Manbalar
tahrir- ↑ East
- ↑ Carlson, Kathie. The Book of Symbols: Reflections on Archetypal Images Arm: . Köln: Taschen, 2010 — 704-bet. ISBN 978-3-8365-1448-4.
- ↑ Ponte Ryūrui. „Nine Sons of The Dragon King“. Beyond Calligraphy. Qaraldi: 2013-yil 17-oktyabr.
- ↑ Zhang Hongxing, „The Nineteenth-Century Provenance of the Admonitions Scroll: A Hypothesis“, in Gu Kaizhi and the Admonitions Scroll, ed. S. McCausland (London, 2003), p. 278.
- ↑ Museum of Fine Arts Boston 17.1697
- ↑ Silbergeld, Jerome; Wang, Eugene Y.. The Zoomorphic Imagination in Chinese Art and Culture. University of Hawaii Press, 2016 — 267-bet. ISBN 9780824846763.