Alkor
Alkor, togʻzira (Athamanta macrophylla) – ziradoshlar oilasiga mansub oʻq ildizli koʻp yillik rezavor oʻsimlik. Boʻyi 1-2 m. Yoshiga qarab har yili bittadan 15 tagacha poya chiqaradi. Barglari murakkab, qalin. Toʻpgullari soyabon, mu-rakkab, poyasining uchida joylashgan. Har bir soyabonchada 20 tacha gul boʻladi. Ildizi yoʻgʻon. Urugʻlari mayda, tuxumsimon, uzunligi 4-6 mm. Alkor iyun – iyulda gullaydi, avgust- sentabrda urugʻi pishadi. Oʻrta Osiyo florasi uchun endemik hisoblanadi. Oʻzbekistonda 1500-2800 m balandlikdagi togʻ yonbagrlarida oʻsadi. Toshkent, Namangan, Fargʻona va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan. Alkor, ayniqsa, uning urugʻi, guli va barglari xushboʻy efir moylariga nihoyatda boy (1,67%). Shuning uchun Alkorni mahalliy aholi rezavor 349 oʻsimlik sifatida taomga ishlatadi. Alkor qoʻshilgan sut mahsulotlari uzoq vaqt (15-20 kun) gacha achimaydi. Uning soyada yoki oftobda quritilgan bargi va urugʻlari bodring, pomidor, karam, olma, qovun, tarvuz va boshqalarni tuzlash uchun ishlatiladi. Alkorning oʻziga xos xushboʻy hidi uzoq saqlanib turadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |