Tohir Muxtarovich Axmadaliev (tugʻ. 1965-yil 3-noyabr, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari boʻyicha deputati.[1]

Tohir Axmadaliyev
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 3-noyabr 1965-yil (1965-11-03) (59 yosh)
Andijon viloyati, OʻzSSR
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Taʼlim Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Kasbi iqtisodchi-matematik

Biografiyasi

tahrir

Tohir Muxtarovich Axmadaliyev 1965-yil 3-noyabrda Andijon viloyatida tugʻilgan. Toshkent xalq xoʻjaligi instituti va Sankt-Peterburg (Rossiya) davlat iqtisodiyot va moliya universitetini tamomlagan va oliy maʼlumotga ega. Kasbi iqtisodchi-matematik.[2] Shuningdek, u rus va nemis tillarini yaxshi biladi.[manba kerak]

Mehnat faoliyatini 1988-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti Andijon filiali assistenti lavozimidan boshlagan. 2012-2015-yillarda «Andijon viloyat kabel televideniyesi» MCHJ direktor o‘rinbosari, 2015-2020-yillarda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Andijon viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari o‘rinbosari, rahbari lavozimlarida ishlagan. 2

Martaba

tahrir

Axmadaliyev Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi etib tayinlangan.[3]

Axmadaliyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Andijon viloyati boʻyicha deputati.[4]

Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi etib tayinlangan.[3]

Manbalar

tahrir
  1. „314-IV-сон 10.06.2020. О создании межпарламентской группы Олий Мажлиса Республики Узбекистан по сотрудничеству с Сеймом Литовской Республики“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-may.
  2. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  3. 3,0 3,1 „arxiv nusxasi“. 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  4. „Кандидаты“ (ru). elections.uz. Qaraldi: 2021-yil 5-may.