Tohir eshon maqbarasi
Tohir Eshon Bobo maqbarasi – obyekt Xorazm viloyati Xiva shahri Ichan-qal’a MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 62-uyda joylashgan. Maqbara XIX asrning oʻrtalarida Muhammad Aminxon madrasasining janubi-gʻarb tarafida joylashgan. Maqbara Ichan qaʼla devorlariga yopishtirilgan holda qurilgan boʻlib binoning peshtoqi sharqqa qaragan[1]. Maqbaraning ichiga 2 ta inson dafn qilingan boʻlib, ikkinchisida Fathulla eshon dafn qilingan[2]. Xivaliklar Tohir Eshon bobo Olloqulixonning piri boʻlganligi toʻgʻrisida bir qancha rivoyatlarni aytadilar. Olloqulixon 1826-yil oxirida Xurosonga yurish etib, uning Jom togʻi etagidagi Umgʻon qal’asini olib, gʻalabadan shodligini bildirish uchun Xivadagi piri Tohir eshonga maktub yoʻllaydi. Maktub shunday boshlanadi: – „Haqoyiq va maorifpanoh (haqiqat va maʼrifatni himoya qiluvchi), kamolot va latoyifdastgoh (goʻzal soʻz va fazilat egasi), kashshofi asrori ilohiy (Allohning sir-asrorlarini kashf qiluvchi, ochuvchi) Tohir xoʻja eshonimizga sadoqatli salomimizdan soʻngra…“[3]. Haqiqatan ham xonlik davridagi xivaliklar juda irimchi va xurofotga berilgan boʻlib, afsona va rivoyatlarga ishonishar, ularni jon – dilidan gapirib, tinglashar edilar. Tohir Eshon Xorazmiy bir qancha kitoblarni yozgan. Bulardan „Tazkirai Tohir Eshon“ yoki „Silsilatul avliyo“ kitobidir. Mazkur asar forsiyda 1747-yilda yozilgan boʻlib Xorazmda oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[4] Asar asosan islom diniga bagʻishlangan boʻlib, unda Qur'on, hadis, XVIII asrning oʻrtalarida Xorazm, Buxoro, Samarqand, Turkiston va Xurosonda yashagan 321 shayxning tarjimai holi keltirilgandir[5]. Akmal Xoʻqandiy ham bu asar toʻgʻrisida oʻzining „Tuhfatul ahbob“ kitobida maʼlulotlar keltirgan.
Tohir Eshon Bobo maqbarasi | |
---|---|
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Tarixiy obyekt |
Shahar | Xiva shahri |
Mamlakat | O‘zbekiston |
Egasi | Davlat mulkiga tegishli |
Rekonstruksiya ishlari
tahrirTohir Eshon bobo maqbarasi mustaqillik yillarida qayta tiklandi. Bu ishlarga Xiva Ichan qalaning fuqarolar yigʻini raisi Sobirjon Hasanov boshchilik qilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2024-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-oktyabr.
- ↑ https://www.khivamuseum.uz/uz/tohir-eshon-maqbarasi
- ↑ https://www.sayyoh.com/diqqatga-sazovoz-joylar/
- ↑ https://www.bukhari.uz/
- ↑ https://old.re-search.uz/