Toir Dadaxonov
Toir Dadaxonov (1954-yil 6-noyabr, Toshkent shahrida tugʻilgan) — Oʻzbekiston qahramoni, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.
Toir Dadaxonov | |
---|---|
Tavalludi |
1954-yil 6-noyabr |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | Quruvchi |
Dini | Islom |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrirToir Dadaxonov 1954-yil 6-noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. „12-trest“ ochiq a0ksiyadorlik jamiyatining 50-qurilish boshqarmasi montajchi-payvandchilar brigadasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan. Dadaxonov boshchiligidagi brigada aʼzolari M. Gorkiy nomli rus drama teatri, Oʻzbek Milliy akademik teatrini qayta taʼmirlash, Mustaqillik maydonida Oliy Majlis Senati maʼmuriy binosi, Moliya vazirligining gʻaznaxonasi, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida „Yagona qabullar uyi“, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish universiteti binosi, „Oʻzbekinvest“ maʼmuriy binosining rekonstruksiyasi, Oʻzbekiston yoshlar futbol maktabi, Аlisher Navoiy nomidagi kutubxona, oliy toifadagi «Hyatt» mexmonxonasi, Oʻzbekiston Respublikasi qurolli Kuchlar akademiyasi, Chilonzor tumanidagi 238-umumtaʼlim maktabi va А.Qodiriy nomidagi ijod maktabi qurilish jarayonlarida ishtirok etgan[1].
Mukofotlari
tahrir- „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan quruvchi“ unvoni (1995-yil)
- „Mehnat shuhrati“ ordeni (2003-yil)
- Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti — Islom Karimovning 2007-yil 24-avgustdagi PF-3914-sonli farmoni bilan Toir Dadaxonovga Oʻzbekiston qahramoni mukofoti berilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Muhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor 2021, s. 126.
- ↑ „«ЎЗБЕКИСТОН ҚАҲРАМОНИ» УНВОНИНИ БЕРИШ ТЎҒРИСИДА“. lex.uz. Qaraldi: 10-sentabr 2023-yil.
Adabiyotlar
tahrirMuhammad Ali, Rahmon Qoʻchqor va boshqalar. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent: Adabiyot, 2021 — 216-bet. Qaraldi: 11-avgust 2023-yil.