Hoji Turob oʻgʻli Abdulloh jome masjidi

Hoji Turob oʻgʻli Abdulloh jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Hoji Turob oʻgʻli Abdulloh jome masjidi
Hoji Turob oʻgʻli Abdulloh
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Qibray
Manzil Salar qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Navro'z mahalla fuqarolar yigʻini, Ibn Sino 1 A-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Sodiq domla Roziqov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Hoji Turob oʻgʻli Abdulloh jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Qibray tumani, Salar qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Ibn Sino 1 A-uyda joylashgan[2][3]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Salar qishloq fuqarolar yigʻini, Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Ibn Sino mahalla fuqarolar yigʻini, Xurriyat mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Qonduzsoy mahalla fuqarolar yigʻini, Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Zulfiya mahalla fuqarolar yigʻini, Temur Malik mahalla fuqarolar yigʻini, Axillik mahalla fuqarolar yigʻini, AAbdurauf Fitrat mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Sodiq domla Roziqov hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Hoji Turob oʻgʻli Abdulloh jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2002-yil 27-fevral kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar

tahrir
  1. „ХОЖИ ТУРОБ ЎҒЛИ АБДУЛЛОҲ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"HOJI TUROB O'GLI HOJI ABDULLOH" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  3. „"HOJI TUROB O'GLI HOJI ABDULLOH" JOME' MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.