Tokugava ietsuna
Tokugava Ietsuna — Yaponiya tarixining Edo davridagi (1603-1868) Tokugava syogunatining[1] toʻrtinchi syoguni. letsuna Tokugava Yaponiyani 1651-1680-yillarda boshqargan.
Hayoti
tahrirIemitsuning toʻngʻich oʻgʻli letsuna — otasi vafot etganda 10 yoshda edi. U zaif va kasal bola edi. Unga otasining atrofidagi odamlar Xoshin Masayuki, Matsudaira Nobutsuna va Sakay Tadakiyo yordam berishdi. U oʻsib ulgʻayganida ham hamma narsada ularga ishonar va tez-tez kasal boʻlganligi sababli, u faqat nomigagina hukmdor boʻlgan. Syogun maʼmuriyatining barcha ishlarini roju (katta davlat maslahatchisi) Sakay Tadakiyo boshqargan. Tokugava letsuna 1680-yil 8-mayda myerosxoʻrni qoldirmasdan vafot etdi va Edo shahridagi Kanyeiji Buddist ibodatxonasi hududida dafn etildi[2].
Hukmronlik yillari
tahrirletsuna Konfutsiylikni qoʻllab-quvvatladi va xattoki u buddist va sinto ruhoniylariga nisbatan qatʼiy rioya qilinishi kerak boʻlgan maxsus qoidalarni ishlab chiqdi.letsuna hukmronlik yillari oʻzgarishlar davriga toʻgʻri keldi, oʻsha vaqtda syogunat pozitsiyasida salbiy tendentsiyalar paydo boʻla boshlagan edi. Bunga misol keltiradigan boʻlsak, dastlabki uchta syogun hukmronligi ostida mamlakatning moliyaviy holati yaxshi boʻlgan boʻlsa, letsun davrida esa aksincha daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi muvozanat buzilgan edi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Жуков, А.Е. История Японии (Rus tili), 1998.
- ↑ „Период Эдо“ (rus tilida). Wikipedia. Qaraldi: 8-dekabr 2022-yil.
- ↑ „Сёгунат Токугава“ (rus tilida). Wikipedia. Qaraldi: 8-dekabr 2022-yil.