Thomas Preston-Werner (1979-yil, 27-mayda tugʻilgan) – AQShlik milliarder, dasturchi va tadbirkor. 2008-yilda Chris Wanstrath va P. J. Hyett bilan hamkorlikda Githubga asos solgani va kompaniyaning bosh direktori boʻlganligi bilan tanilgan[1]. GitHubdan 2014-yilda, ichki tekshiruv xulosasiga koʻra bir xodimni tahqirlaganlikda ayblanganligi sababli isteʼfoga chiqqan. Preston-Werner Gravatar xizmatining ham asoschisi hisoblanadi[2].

Tom Preston-Werner
Tavalludi 6-may 1979-yil (1979-05-06) (45 yosh)
Dubuque, Iowa, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Kompyuter dasturchisi, tadbirkor
Faoliyat yillari 2008-2014
Turmush oʻrtogʻi Chris Wanstrath
Veb-sayti tom.preston-werner.com

Yoshlik yillari

tahrir

Preston-Werner Iowa shtatidagi Dubuque shahrida voyaga yetgan. Otasi bolaligida vafot etgan. Onasi oʻqituvchi, oʻgay otasi esa muhandis boʻlib ishlagan[3].

Oʻrta maktabni Dubuque Senior High Schoolda tamomlagan va Kaliforniyaning Claremont shahridagi Harvey Mudd kollejiga qabul qilingan. 2 yildan soʻng esa oʻqishni tashlagan[3].

Karyerasi

tahrir

2004-yilda Presten-Werner Gravatar kompaniyasiga asos solgan va uni 2007-yilda Automattic kompaniyasiga sotib yuborgan[4].

GitHub

tahrir

Preston-Werner 2008-yilda Chris Wanstrath, P. J. Hyett va Scott Chacon bilan birgalikda kodni almashish va hamkorlikda ishlash imkoniyatini taqdim etuvchi bulutli texnologiyaga asoslangan xizmat, GitHubga asos solgan[5].

GitHubdan isteʼfoga chiqishi

tahrir

GitHub dasturchisi Julie Ann Horvath 2014-yil mart oyida Tom Preston-Werner va uning rafiqasi Theresa unga nisbatan tazyiq oʻtkazishgani va bu uning kompaniyani tark etishiga sabab boʻlganini daʼvo qilgan[6][7]. GitHub maʼmuriyati dastlab Horvathning ayblovlarini rad etgan[8][9][10], biroq, oʻtkazilgan ichki tekshiruvlardan soʻng ayblovlarning baʼzilarini tasdiqlagan va Presten-Werner isteʼfoga chiqqan. GitHubning yangi bosh direktori Chris Wanstrathning taʼkidlashicha, tergov Tom Preston-Wernerning GitHub bosh direktori sifatida nomunosib harakat qilgani, jumladan, ichki ziddiyatlar, ish joyidagi shikoyatlarga eʼtibor bermaganligi va turmush oʻrtogʻi idorada ishlamasligi kerakligi haqidagi kelishuvga rioya qilmaganini aniqladi[11].

GitHubdan keyingi davr

tahrir

GitHubdan isteʼfoga chiqqanidan soʻng Preston-Werner kompaniyadagi ulushlarini Microsoftga sotdi[12]. Sobiq GitHub asoschilari va rahbarlaridan iborat jamoa bilan birga Preston-Werner til oʻrganish uchun dastur Chatterbugga asos solgan[13].

Manbalar

tahrir
  1. Etherington, Darrell. „GitHub President Becomes CEO, CEO Becomes President In Executive Role Swap“. TechCrunch. AOL (2014-yil 21-yanvar). „GitHub has just announced that co-founder Tom Preston-Werner will be taking over the role of President from fellow co-founder Chris Wanstrath“.
  2. „Journal of Folklore Research“ (PDF) (2008). Qaraldi: 2014-yil 22-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 Bourne, Will „2 Reasons to Keep an Eye on GitHub“. Inc. (2013-yil 27-fevral). Qaraldi: 2013-yil 24-may.
  4. Aamoth, Doug. „Automattic Acquires Gravatar“ (2007-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 10-oktyabr.
  5. McMillan, Robert. „Lord of the Files: How GitHub Tamed Free Software (And More)“ (2012-yil 21-fevral). Qaraldi: 2013-yil 10-oktyabr.
  6. Wilhelm, Alex „Julie Ann Horvath Describes Sexism And Intimidation Behind Her GitHub Exit – TechCrunch“. techcrunch.com (2014-yil 16-mart).
  7. Biddle, Sam; Tiku, Nitasha „Meet the Married Duo Behind Tech's Biggest New Harassment Scandal“. Gawker (2014-yil 17-mart). 2014-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-mart.
  8. Wanstrath, Chris „Results of the GitHub Investigation“. The GitHub Blog (2014-yil 21-aprel).
  9. Miller, Claire Cain „GitHub Founder Resigns After Investigation“. Bits. The New York Times (2014-yil 21-aprel).
  10. Wilhelm, Alex „GitHub Denies Allegations Of "Gender-Based Harassment," Co-Founder Preston-Werner Resigns“. TechCrunch (2014-yil 21-aprel).
  11. „Follow up to the investigation results“. GitHub (2014-yil 28-aprel).
  12. „Microsoft's Acquisition Of GitHub Mints New Billionaires“. Forbes (2018-yil 4-iyun).
  13. „GitHub's scandalized ex-CEO returns with Chatterbug“ (2017-yil 21-oktyabr).