Thomas Spencer Smith (talaffuzi: Tomas Spenser Smit) (1998-yil 25-fevralda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Tom Smith „Bath City“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Tom Smith
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Thomas Spencer Smith
Tavallud sanasi 25-fevral 1998-yil (1998-02-25) (26 yosh)[1]
Tavallud joyi Swindon, Angliya
Boʻyi 1.76m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bath City
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2009 Bristol City
2009—2016 Swindon Town
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2018 Swindon Town 10 (1)
2017Waterford (ijara) 10 (1)
2017Bath City (ijara) 6 (2)
2017—2018Bath City (ijara) 4 (2)
2018Bath City (ijara) 17 (6)
2018—2019 Cheltenham Town 0 (0)
2018—2019Bath City (ijara) 29 (4)
2019 Bath City 92 (18)
2021Dagenham & Redbridge (ijara) 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 19-sentyabr uchun)

Klublardagi oʻyin faoliyati tahrir

Swindon Town tahrir

2014—2015-yilgi mavsum boshida Tom Smith „Swindon Town“ futbol klubi tarkibiga qoʻshildi va unga 28-raqamli futbolka berildi[2]. Tom Smith oʻzining professional futboldagi debyut oʻyinini „Preston North End“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[3]. 2015—2016-yilgi mavsum uchun Tom Smithga 31-raqamli futbolka topshirildi. Tom Smith 2015-yilning 5-sentyabrida „Swindon Town“ klubi safidagi ilk golini „Crewe Alexandra“ futbol klubi darvozasiga kiritdi[4]. 2016—2017-yilgi mavsum uchun Tom Smithga 15-raqamli forma berildi. Tom Smith bu mavsumdagi ilk oʻyinini „Queens Park Rangers“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Bu oʻyinda Tom Smith 65-daqiqada Yaser Kasimning oʻrniga maydonga tushdi[5].

2017-yilning 22-fevralida Tom Smith jamoadoshi Jake Evans bilan 2017-yilning iyunigacha ijara asosida Irlandiyaning „Waterford“ futbol klubi jamoasiga qoʻshildi[6]. 24-fevral kuni Tom Smith yangi jamoa tarkibidagi ilk oʻyinini „Athlone Town“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (1:0 hisobi) oʻtkazdi[7]. 2017-yil 10-mart kuni Tom Smith "Waterford' klubi uchun birinchi golini „UCD“ jamoasi darvozagiga (2:0) kiritishga muvaffaq boʻldi[8]. Tom Smithning klub bilan kelishilgan ijara shartnomasi muddati 2017-yil may oyida tugadi[9].

2017-yil 12-oktabrda Tom Smith Milliy liga vakili „Bath City“ futbol jamoasiga bir oylik ijara asosida qoʻshildi[10]. Ikki kundan soʻng, Tom Smith Angliya kubogining 4-saralash bosqichi doirasidagi „Chelmsford City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „Bath City“ klub jamoasi tarkibida ilk oʻyinini oʻtkazdi va bu buchrashuvda Tom Smith oʻyindagi eng yaxshi oʻyinchi deb topildi[11]. Bu oʻyindan soʻng, Tom Smithning ijara muddati 2018-yilning 6-yanvarigacha uzaytirildi[12]. 2017-yil 24-noyabrda Tom Smith jarohatlar bilan bogʻliq muammolar tufayli „Swindon“ futbol klubi tomonidan chaqirib olindi[13]. 2017-yilning 8-dekabrida Tom Smith bir oylik ijara asosida „Bath“ klubi safiga qaytdi[14]. 2018-yilning 19-yanvarida Tom Smith „Bath“ klubi bilan yangi ijara shartnomasi imzolashga muvaffaq boʻldi[15].

Tom Smith 2017—2018-yilgi mavsum oxirida „Swindon“ futbol klubini tark etdi[16].

Cheltenham Town tahrir

2018-yilning 1-iyunida, „Swindon“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Tom Smith ikki yillik shartnoma asosida ikkinchi liga vakili „Cheltenham Town“ futbol klubi tarkibiga qoʻshilishga rozi boʻldi[17].

2018-yil 20-sentabrda Tom Smith toʻrt oylik ijara asosida yana „Bath City“ futbol klubi safiga qaytdi[18]. Keyinchalik shartnoma mavsumning qolgan qismi uchun ham uzaytirildi[19].

Bath City tahrir

2019-yilning 2-iyulida, bir nechta ijara shartnomalaridan soʻng, Tom Smith ikki yillik shartnoma asosida „Bath City“ futbol klubi tarkibiga qaytdi[20]. 2020-yil 27-iyulda Tom Smith mavsumning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor boʻldi[21].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Swindon Town 2014—2015 Angliya Birinchi ligasi 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2015—2016 Angliya Birinchi ligasi 1 1 0 0 0 0 1 0 2 1
2016—2017 Angliya Birinchi ligasi 8 0 0 0 1 0 3 0 12 0
2017—2018 Angliya Ikkinchi ligasi 0 0 1 0 0 0 1 0
Jami 10 1 0 0 2 0 4 0 16 1
Waterford (ijara) 2017 LOI Birinchi divizioni 10 1 0 0 1 0 11 1
Bath City (ijara) 2017—2018 Angliya Milliy ligasi 27 10 2 0 2 1 31 11
Cheltenham Town 2018—2019 Angliya Ikkinchi ligasi 0 0 1 0 0 0 1 0
Bath City (ijara) 2018—2019 Angliya Milliy ligasi 29 4 3 1 4 1 36 6
Bath City 2019—2020 Angliya Milliy ligasi 35 12 2 1 7 3 44 16
2020—2021 Angliya Milliy ligasi 13 3 3 0 3 2 19 5
2021—2022 Angliya Milliy ligasi 36 2 3 0 5 1 44 3
2022—2023 Angliya Milliy ligasi 8 1 1 0 0 0 9 1
Jami 148 32 14 2 21 8 183 42
Dagenham & Redbridge (ijara) 2020—2021 Angliya Milliy ligasi 7 0 7 0
Umumiy 174 34 14 2 4 0 25 8 217 44

Manbalar tahrir

  1. „Tom Smith“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 21-iyul 2018-yil.
  2. „T. Smith“. Soccerway. Qaraldi: 10-mart 2017-yil.
  3. „Preston 3–0 Swindon (BBC Match Report)“. BBC Football.
  4. „Crewe 1–3 Swindon“. BBC Sport (5-sentabr 2015-yil). Qaraldi: 21-noyabr 2016-yil.
  5. „Queens Park Rangers 2–2 Swindon Town (4–2 pens)“. BBC Sport (10-avgust 2016-yil). Qaraldi: 10-mart 2017-yil.
  6. „Smith And Evans Join Waterford FC On Loan“. Swindon Town Official Site (22-fevral 2017-yil). Qaraldi: 22-fevral 2017-yil.
  7. „Athlone Town vs. Waterford“. Soccerway (24-fevral 2017-yil). Qaraldi: 5-mart 2017-yil.
  8. „UCD vs. Waterford“. Soccerway (10-mart 2017-yil). Qaraldi: 10-mart 2017-yil.
  9. „Waterford FC Dundalk 3 (Kilduff 57’, Stewart 72’, Clifford 79’) Waterford FC 0 - Waterford FC“. www.waterfordfc.ie. 2017-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Smith Joins Bath On Loan“. Swindon Town Official Site (12-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2017-yil.
  11. „Tom Smith on Twitter“. Twitter. @tombeausmith (14-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2017-yil.
  12. „Bath City FC on Twitter“. Twitter. @BathCity_FC (10-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2017-yil.
  13. „Brophy & Smith Recalled“. Swindon Town Official Site (24-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 24-noyabr 2017-yil.
  14. „Player News“. Bath City Official Site (8-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2017-yil.
  15. „Smith Re-Joins Bath Until End Of Season“. Swindon Town Official Site (19-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2018-yil.
  16. „Luke Norris: Swindon Town extend striker's contract“. BBC Sport (16-may 2018-yil). Qaraldi: 16-may 2018-yil.
  17. „NEW SIGNING: Tom Smith“. Cheltenham Town Official Site (1-iyun 2018-yil). Qaraldi: 2-iyun 2018-yil.
  18. „News: Tom Smith makes loan move to Bath City“. Cheltenham Town Official Site (20-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 20-sentabr 2018-yil.
  19. „January transfer window: Cheltenham Town midfielder set to extend loan stay at Bath City for rest of season“. gloucestershirelive.co.uk (3-yanvar 2019-yil).
  20. „Bath City sign former loanee Tom Smith in permanent switch from Cheltenham Town“. somersetlive.co.uk (2-iyul 2019-yil). Qaraldi: 17-iyul 2019-yil.
  21. „Awards All Round As The South's Stars Are Honoured“. thenationalleague.org.uk (27-iyul 2020-yil). Qaraldi: 27-iyul 2020-yil.