Tomchilatib sugʻorish
Tomchilatib sugʻorish - suvni maxsus quvurlar yordamida bevosita oʻsimliklarning ildizlari atrofiga kichik meʼyorlarda tomizib sugʻorish. Tomchilatish uchun quvurlarda maxsus tomizgichlar — mikrogʻovak devorlar yoki maxsus teshikchalar qilinadi. Suv sarfi, odatda, soatiga 4—5 l atrofida boʻladi. Suv bilan birga eritilgan oʻgʻit va pestitsidlar berish ham mumkin. Sugʻorish quvurlari orasidagi masofa oʻsimliklarning qator oralari oʻlchamiga bogʻliq boʻlib, 0,8 m dan (dala ekinlari uchun) 6 m gacha (bogʻlar uchun) oʻzgarishi mumkin. Uz. esa odatda 200 m dan oshmaydi. Tomizgichlar orasidagi masofa esa tuproq sharoitlariga bogʻlib boʻlib, 0,5—1,0 m atrofida, Tarqatuvchi quvur yopiq usulda joylashtiriladi, sugʻorish quvurlari esa har yili sugʻorish mavsumi oldidan oʻrnatilib, mavsum oxirida yigʻishtirib olinadi. Tomchilatib sugʻorishning afzalliklari: suv sarfini 30—50% ga kamaytiradi, ekinlar xosildorligi ortadi, begona oʻtlar kamayadi (sugʻorish quvurlari oʻrnatilmagan qator oralari quruq boʻlib, begona oʻt chiqmaydi), mehnat sarfi kamayadi.
Galereya
tahrirYana qarang
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |