Tōmi (yaponcha: 東御市 Tōmi-shi?) Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan shahar.1-iyun, 2019-yil(2019-06-01) holatiga koʻra, shaharda taxminiy aholi 12,068 ta xonadonda 29,440 kishidan iborat edi,[1] va aholi zichligi 1 km² ga 262 kishini tashkil etgan. Shaharning umumiy maydoni 112.37 square kilometre (43.39 kv mi) ga teng.

Tōmi

東御市
Shahar
Skyline of Tōmi
Tōmi
Bayroq
Tōmi
Gerb
36°21′33.8″N 138°19′49.4″E / 36.359389°N 138.330389°E / 36.359389; 138.330389
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 2004-yil 1-aprel
Maydon 112.37 km2 (43.39 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil 1-iyun)
29 440
Zichligi 260 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Tōmi xaritada
Tōmi
Tōmi
Tomidagi unno-juku

Geografiyasi

tahrir

Tōmi Nagano prefekturasining sharqiy-markazida, dengiz sathidan 500 dan 1000 metrgacha balandlikda joylashgan. Shahar shimolda Joshinetsu Kogen milliy bogʻi, janubda Tateshina va Yatsugatake togʻlari bilan oʻralgan. Chikuma daryosi shaharni ikki qismga ajratadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Balandligi tufayli shahar issiq va nam yoz hamda sovuq, juda qorli qish (Köppen Dwb) bilan ajralib turadigan iqlimga ega. Tōmida oʻrtacha yillik harorat 9.5 °C (49.1 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,013.2 mm (39.89 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 21.8 °C (71.2 °F) atrofida va eng pastharorati yanvarda, taxminan −2.6 °C (27.3 °F) boʻladi.

Tōmi (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 14,2 18,1 22,6 27,9 30,1 30,8 33,6 33,5 31,2 27,4 21,8 19,8 33,6
Oʻrtacha maksimal, °C 2,4 3,6 8,0 14,7 20,0 22,9 26,6 27,8 23,2 17,1 11,7 5,6 15,3
Oʻrtacha harorat, °C −2,6 −2 1,9 8,0 13,5 17,2 21,1 21,8 17,6 11,3 5,7 0,3 9,5
Oʻrtacha minimal, °C −7,4 −7,1 −3,6 1,8 7,5 12,6 17,0 17,6 13,4 6,7 0,6 −4,4 4,6
Mutlaq minimal, °C −14,3 −15,9 −13,2 −9,3 −3,3 2,4 8,3 6,8 2,2 −2,9 −8,7 −13,8 −15,9
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 31,8 33,2 60,6 62,2 86,8 120,5 156,4 122,4 146,3 118,3 46,6 28,3 1 013,2
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3]

Tarixi

tahrir

Tōmi sobiq Shinano provinsiyasida joylashgan va Hokkoku Kaidoda bir qator pochta stansiyalari sifatida rivojlangan. Zamonaviy Tōmi shahri 2004-yil 1-aprelda Kitamimaki qishlogʻi (-Kitasaku tumanidan) va Tōbu shaharchasining (Chisagata tumanidan) qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Tōmi aholisi soni soʻnggi 70 yil ichida nisbatan barqaror boʻlib kelmoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
194025,605—    
195031,145+21.6%
196026,132−16.1%
197024,626−5.8%
198026,841+9.0%
199028,954+7.9%
200030,944+6.9%
201030,703−0.8%
202030,122−1.9%

Hukumat

tahrir

Tōmi shahri toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 17 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega.

Iqtisodiyoti

tahrir

Tōmi mintaqaviy savdo markazi hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligining mashhur mahsulotlariga sholi, yongʻoq va uzum kabilar kiradi. 2 va 4 gʻildirakli avtomobillar uchun tormoz tizimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Nissin Kogyo avtomobil qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyaning bosh qarorgohi shahar hududida joylashgan[5].

Taʼlim tizimi

tahrir

Tōmi shahrida toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi hamda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Nagano prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi mavjud. Ilgari shaharda Braziliya maktabi, Colégio Pitagoras-Brasil faoliyat yuritgan[6]. U Minovaga koʻchiribb oʻtkazildi va nomi Nagano Nippaku Gakuenga oʻzgartirildi[7].

Transporti

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

Magistral yoʻl

tahrir
  •   Joshin-etsu tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻnalish 18

Xalqaro munosabatlar

tahrir

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

tahrir

Taniqli odamlar

tahrir

Manbalar

tahrir