Toq (arab.) — meʼmorlikda qoʻllaniladigan termin. Binoning yarim shar shaklida ishlangan eshik, darvoza tepasi va peshtogʻidagi ravoq; bino va inshootlarning yarim sharsimon kilib ishlangan tomi, gumbaz ostidagi rasta. Oʻʻrta asr Oʻrta Osiyo shaharlaridagi toʻʻrt ravoqli (toqravoqli) gumbazli inshoot. Asosiy savdo zali, qator savdo rastalari hamda hunarmandlar ustaxonasidan iborat boʻlib, shahar markazi, chorraha va chorsularida bunyod etilgan. Qator usti yopiq bozorlar chorsu, kappon, tim va boshqa nomlarda atalgan.

Yana qarangTahrirlash