Baqa joʻxorisi

(Toroldan yoʻnaltirildi)

Baqa joʻxorisi, torol (Lepidium latifolium L.) — krestguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi tik usadi (40 —100 sm), suyet shoxlanadi. Barglari yaxlit, choʻzinchoq, arra tishli. Gullari oq, shoda toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi qoʻzoqcha (1,5 – 2 mm). Ildizi oʻq ildiz. Maydan avgustgacha gullaydi va mevalaydi, iyun va sentabrda urut-laydi. Urugʻidan va bachkisidan koʻpayadi. Urugʻlari 15 — 25° da unadi. Oʻrta Osiyo, Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz, Gʻarbiy Sibirda koʻp tarqalgan. Xalq tabobatida dorivor oʻsimlik sifatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda gʻallazor, bedapoya, paxtazorlarda, ariq boʻylari, partov yerlar, bogʻ va dalalarda begona oʻt sifatida uchraydi. Ekin qator oralariga ishlov berish, oʻtoq qilish bilan yoʻqotiladi (yana q. Tunbosh).[1]

Manbalar tahrir

  1. "Baqa joʻxorisi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil