«Toshkent — non shahri» (ruscha: Ташкент — город хлебный) — 1968-yilda suratga olingan drama. Aleksandr Neverovning shu nomdagi hikoyasiga asoslangan.

Toshkent — non shahri
Janri drama
Rejissyor(lar) Shuhrat Abbosov
Ssenariynavis(lar) Andrey Konchalovskiy
Aleksandr Neverov
Andrey Tarkovskiy
Rollarda Vladimir Vorobey
Vladimir Kudenkov
Baxtiyor Nabiyev
Bastakor(lar) Albert Malaxov
Distribyutor Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi 1968
Davomiyligi 104 daqiqa
Mamlakat Sovet Ittifoqi

Tavsifi

tahrir

Volgaboʻyi, 1921-yil. Qurgʻoqchilik. Ommaviy qahatchilik odamlarning sillasini quritgan. Hukumat esa yordam berishga qodir emas. Samara guberniyasida yashovchi Mixail Dodonov (Misha) ismli bola otasidan ayrilib, onasi va uch ikki nafar bola bilan qolgan. Ularni ochlikdan qutqarish uchun Misha oʻsha darvrda moʻl-koʻlchiligi bilan tanilgan Toshkentga joʻnaydi. Oʻzi bilan birga doʻsti Sergeyni ham yetaklaydi. Yo’lda Sergey tif kasaliga uchrab, bekatlardan birida qolib ketadi. Misha yoʻlda juda koʻp qiyinchiliklarga uchraydi, biroq Toshkentga yetib keladi. Bu yerda u badavlat odamning bogʻida dehqonchilik qiladi. Ishlab topgan pullarini va bir necha qop bugʻdoyni olib, Misha uyiga qaytadi. Bu yerda u ukalarining ochlikdan vafot etishganini koʻradi[1].

Faktlar

tahrir

Film ekranga chiqishidan avval uning baʼzi joylari kesib tashlangan, filmning faqat bir seriyasi koʻrsatilgan edi, biroq uning toʻliq varianti operator Hotam Fayziyevning uyida saqlab qolingan edi. Oradan 45 yil oʻtib, 2013-yilda Toshkentda uning ikki seriyali toʻliq namoyishi boʻldi.

Rollarda

tahrir
Aktyor Rol
Vladimir Vorobey Misha Misha
Vladimir Kudenkov Sergey Sergey
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 2-iyul, 2022-yil(2022-07-02) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Manbalar

tahrir