Aleksandr Neverov
Aleksandr Sergeyevich Neverov (taxallusi; asl ism-sharifi Aleksandr Sergeyevich Skobelev) (1886.24.12, Stavropol uyezdi, Novikovka qishlogʻi – 1923.24.12, Moskva) – rus yozuvchisi. Qishloq maktablarida oʻqituvchilik qilgan. Dehqonchilik hayotidan olingan ilk hikoyasi 1906-yilda nashr etilgan. 1917-yilgacha boʻlgan ijodida, asosan, yarim och, yarim yalangʻoch holda yashagan dehqonlar va qishloq ziyolilari hayoti tasvirlangan. Oʻtgan asrning 20-yillari boshlarida Volga boʻylarida avj olgan ochlik Neverovni rizq-roʻz axtarib Oʻrta Osiyoga kelishga majbur etgan. Shu davr taassurotlari Neverovning qator hikoyalari va "Toshkent – non shahri", „Gʻozu oqqushlar“ (1923) kabi qissalarida oʻz ifodasini topgan. Mishka Dodonovning mehridaryo kishilar tufayli omon qolishi tasviriga bagʻishlangan „Toshkent – non shahri“ qissasi Neverov ijodida alohida oʻrin egallaydi. Qissa oʻzbek tiliga tarjima qilingan va shu asar asosida kinorejissor Sh.Abbosov ayni nomda kinofilm yaratgan[1].
Aleksandr Neverov | |
---|---|
Tavalludi | 24-dekabr 1886 |
Vafoti | 24-dekabr 1923 |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |