Toshkent (sayilgoh, Ashxobod)
Toshkent bogʻi (turkmancha: "Daşkent" seýilgähi) — Ashxobod markazidagi katta istirohat bogʻi, 2022-yilda ochilgan[1]. Mahtimguli [2] koʻchasi va Kemine koʻchasi oraligʻida joylashgan. Bugungi kunda u 30,000 m2 [3]maydonni egallaydi. Shahardagi eng katta va eng mashhur bogʻlardan biri.
„Toshkent“ sayilgohi | |
---|---|
Joylashuv | Turkmaniston |
Turi | madaniyat va istirohat bog'i |
Xarita |
Tarixi
tahrirIkki qoʻshni davlat poytaxtlari — Ashxobod (Turkmaniston) va Toshkent (Oʻzbekiston) birodarlashgan shaharlardir. Ashxobod va Toshkent shahar maʼmuriyatlari oʻrtasida qardosh shaharlar munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bitim 2017-yil 20-may kuni imzolangan edi.
Bogʻning qurilishi 2022-yilda yakunlangan. Qurilish pudratchisi "Zehinli ish" kompaniyasi edi.
2022-yilning 21-oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirokida bog‘ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va Toshkent bogʻi tashrif buyuruvchilar uchun ochildi.
Rejalashtirishi va bezatilishi
tahrirBogʻ hududida Toshkent teleminorasinin kichik nusxalari, Ezgulik monumenti (shunday archa Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoniga kiraverishda qurilgan) va boshqa diqqatga sazovor joylar qayta tiklandi.