Toshkent janubiy vokzali – Oʻzbekiston temir yoʻlining temir yoʻl stansiyasi, Toshkent shahrida joylashgan yirik vokzallardan biri. Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan. Vokzal ichki reyslar va shaharlararo elektr poyezdlariga xizmat koʻrsatadi[1].

Toshkent janubiy vokzali
Overview
Asosiy hudud(s) Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Toshkent
Faoliyat sanalari 1963-yil

Tarixi tahrir

Toshkent janubiy vokzali 1963-yilda qurilgan. 1985-yilda u qayta rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirilgan. 2018-yilda vokzal zamonaviy talablar asosida toʻliq rekonstruksiya qilingan va 4-aprelda foydalanishga topshirilgan[2].

Tavsif tahrir

Vokzal umumiy maydoni 9,7 gektar boʻlib, unda uzunligi 650 metr boʻlgan 3 ta perron mavjud. Vokzal bir vaqtning oʻzida 500 nafargacha yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Vokzal, kassa va vokzal hududini nazorat qilish uchun 170 ta videokameralar bilan jihozlangan.

Manbalar tahrir

  1. „Toshkent janubiy vokzali joylashuvi“. Qaraldi: 2024-yil 4-aprel.
  2. kun.uz. „Toshkent Janubiy vokzali“ (uz) (2018-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 4-aprel.

Havolalar tahrir