Toshkent kimyo-texnalogiya instituti Shahrisabz filiali

Qashqadaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati salohiyatini yanada oshirish va iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filialini (keyingi oʻrinlarda Filial deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilgan.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali
Institut
Mamlakat O'zbekiston
Hukumat
 • Direktor Mutalov Shuxrat Axmatjonovich
Asos solingan 2019

Filialning asosiy vazifalari quyidagilar: Hududda kimyo va oziq-ovqat sanoati sohasining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika hamda texnologik tendentsiyalarni hisobga olgan holda ehtiyoj yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallagan malakali kadrlarni tayyorlash;

kimyo va oziq-ovqat texnologiyalarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalarning muammolarini hal etishga qaratilgan innovatsion tadqiqotlarni faol rivojlantirish;

oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy etakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish;

respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy markazlarga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;

Filialning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish va ilgʻor xalqaro tajribani tatbiq qilish;

vebinar taʼlim usullarini joriy etish va rivojlantirish.

Filialda oʻquv jarayoni 2019/2020 oʻquv yilidan boshlangan.


Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari;

toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;

xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Talabalar soni: 3 ming dan koʻp

Professor oʻqituvchilar soni: 109 ta

Yoʻnalishlar soni: 8 ta