Toshkent o‘qituvchilar seminariyasi
Toshkent oʻqituvchilar seminariyasi 1879-yilda Toshkentda ochilgan va dastlab Turkiston oʻqituvchilar seminariyasi deb nomlangan. Seminariyaning asosiy vazifasi maktablar, shu jumladan rus tilidagi maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlash boʻlgan.
Toshkent o‘qituvchilar seminariyasi | |
---|---|
Joylashuvi | Toshkent shahri, Amir Temur maydoni |
Turi | Maktab |
Asos solinishi | 1879-yil |
Toshkent o‘qituvchilar seminariyasi Vikiomborda |
Bu yerda asosan Turkistonda istiqomat qilgan rus koʻchmanchilarining farzandlari oʻqigan, oʻlkaning mahalliy tub aholisidan oʻquvchilar soni kam edi. Masalan, 1886-yilda 61 oʻquvchidan atigi 9 nafari mahalliy millat vakillari, 1883–1904-yil, seminariyani bitirgan 254 nafar talabadan 39 nafari mahalliy aholiga mansub edi.
1918-yilgi inqilobdan keyin bu yerda sovet oʻzbek maktablari uchun oʻqituvchilar tayyorlash boshlandi. 1920-yilda viloyat erkaklar taʼlimi institutiga aylantirildi.
Taʼlim
tahrirSeminariyada: Xudo qonuni, pedagogika, rus tili, arifmetika, algebra, geometriya, fizika, tabiatshunoslik, umumiy tarix, geografiya, chizmachilik, xattotlik, qoʻshiqchilik, musiqa, tikuvchilik, gimnastika, qozoq va fors tillari oʻrgatilgsn. 1884-yildan boshlab V. P. Nalivkin tashabbusi bilan qozoq tili oʻrniga oʻzbek tilini oʻqitish joriy etildi. U oʻzbek va fors tillari boʻyicha antologiyalar, lugʻatlar, grammatika va darsliklar tuzgan[1].
Manzil
tahrirDastlab, seminariya polkovnik Tartakovskiyning uyida joylashgan boʻlib, A. L. Benois (1881-1887)[2] loyihasi boʻyicha qayta qurilgan. 1887-yilda Konstantinovskiy maydoni yonida yangi bino qurildi[3].
Uy cherkovi
tahrir1898-yilda E. P. Dubrovin, A. L. Benois loyihasiga koʻra, seminariya binosining gʻarbiy qismiga knyaz Aleksandr Nevskiy nomidagi besh gumbazli uy cherkovini qoʻshib qoʻyildi. Cherkov XX asrning 30-yillarida yopilgan, gumbazlari buzib tashlangan. Binoning oʻzidan turli maqsadlarda foydalanish davom etirildi. SSSR parchalanganidan keyin u xususiy mulkka aylandi va ofis binosi sifatida foydalanilishga topshirildi.
Sobiq cherkov meʼmoriy yodgorlik boʻlib, himoyalangan maqomga ega edi. Shunga qaramay, 2009-yil 18-21-noyabr dam olish kunlari shahar hokimiyatining qarori bilan yangi qurilishiga yoʻl ochish uchun buzib tashlandi.
Galereya
tahrir-
O‘qiluvchilar seminariyasi
-
Cherkov
-
Cherkov va o‘quv binosi
-
Cherkov
Manbalar
tahrir- ↑ „Фотографии сноса здания бывшей церкви при Ташкентской учительской семинари“.
- ↑ E. G. Jdanov "Turkestanskiy" Benua[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ V sovetskoe vremya v etom zdanii raspolagalos Gorodskoe upravlenie zdravooxraneniya Tashgorispolkoma.