Toshkent shahridagi Puchon universiteti

Toshkentdagi Puchon universiteti (inglizcha: Bucheon University in Tashkent, BUT) — Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirliklari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq tashkil etilgan oliy taʼlim muassasasidir[1]

Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Xalqaro nomi
Bucheong university
Turi universitet
Asos solingan sanasi 2018-yil
Fakultetlar 2
Talabalari 8 000
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Manzili
Veb-sayti bucheon.uz/uz

Tarixi

tahrir

Oʻzbekiston Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi 3821-sonli Farmoniga asosan[2] Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) tashabbusi bilan tashkil etilgan.Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) 1958-yil aprel oyida tashkil etilgan. Ayni paytda talabalar soni 8 ming kishidan oshadi. Koreya Respublikasida Pucheon universitetining ikkita taʼlim maskani bor, ammo bu uning birinchi chet el filiali.

Yoʻnalishlari

tahrir

Pucheon universiteti (Koreya Respublikasi) da quyidagi yoʻnalishlar mavjud:

  1. Gumanitar: boshqaruv fakulteti, mehmonxona boshqaruvi, maktabgacha taʼlim va boshqalar.
  2. Tabiiy fanlar: oziq-ovqat, hamshiralik va boshqalar.
  3. Muhandislik: arxitektura fakulteti, ichki dizayn, AKT, axborot xavfsizligi va boshqalar.
  4. Sanʼat: Raqamli media dizayni fakulteti.

Taʼlimning asosiy maqsadlari

tahrir
  • Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari boʻyicha maktabgacha taʼlim, arxitektura va dizayn sohasida, shuningdek, taʼlimning boshqa mashhur yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
  • zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oʻquv jarayonini tashkil etishda, ochiq axborot va taʼlim muhitini rivojlantirishga koʻmaklashadigan maktabgacha taʼlim, arxitektura, shuningdek, ilgʻor xorijiy tajriba sohasidagi boshqa ommabop taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining mutaxassislarini tayyorlash tizimiga joriy etish;
  • Mehnat bozorining mavjud muammolari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda maktabgacha taʼlim, arxitektura va dizayn sohalarida, shuningdek, taʼlimning boshqa mashhur yoʻnalishlari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • Respublikada maktabgacha taʼlim, arxitektura, shuningdek, taʼlimning boshqa mashhur yoʻnalishlari uchun taʼlim tizimini rivojlantirish, ilmiy va oʻquv muassasalari, boshqa korxona va tashkilotlar oʻrtasida yaqin hamkorlikni oʻrnatish.

Fakultetlar

tahrir

Hozirgi vaqtda ikkita fakultet mavjud: „Maktabgacha taʼlim“, „Koreys tili va menejmenti“. 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab universitet arxitektura fakultetini ochadi. Oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini inobatga olgan holda Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) oʻquv rejalari va standartlari asosida amalga oshiriladi. Oʻqituvchi va professorlar tarkibini Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) va Oʻzbekiston Respublikasining eng yaxshi mutaxassislari tashkil etadi..

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Universitet haqida, 2019-07-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-07-10
  2. Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish toʻgʻrisida