Bekjon Oybekovich Toshmuhamedov (1935-yil 27-yanvar, Toshkent — 2020-yil 25-iyun) — biolog, biofizik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1987). Biologiya fanlari doktori (1971), professor (1973). Atoqli yozuvchi Oybekning oʻgʻli. Moskva universitetning biologiya-tuproqshunoslik fakultetini tugatgan (1958), shu untda aspirant (1958—1961), ToshDUning biol:tuproqshunoslik fakultetida kichik ilmiy xodim (1962), biokimyo va biofizika kafedrasi dotsenti (1963—1965), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi (1965—1967) va Biokimyo instituti (1967—1985) biofizika laboratoriya mudiri. 1979—1986 yilda ToshDU biofizika va atrof muhit muhofazasi kafedrasi mudiri. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fiziologiya institutida direktor (1985—1992), boʻlim boshligʻi (1998-yildan). Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi (1992—1995). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1995—1997). Asosiy ilmiy ishlari biologik membranalarning hosil boʻlishi va ularning boshqaruvchanlik roli, toksinlar, gormonlar, pestitsidlar, feromonlar, defoliantlar va boshqa biologik faol moddalarning membranaga taʼsir qilish mexanizmini oʻrganishga oid. YUNESKO qoshidagi "Inson va biosfera" milliy komiteti raisi (1998-yildan). "Oʻzbekiston biologiya jurnali" bosh muharriri (1996-yildan). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989)[1][2].

Bekjon Toshmuhamedov
Tavalludi 27-yanvar 1935
Vafoti 25-iyun 2020
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Otasi Oybek
Onasi Zarifa Saidnosirova

Manbalar

tahrir
  1. B.A. Tashmuxamedov (biobibliografiya)., T., 1995.
  2. Aktivniy transport ionov cherez biologicheskiye membrani, T., 1973; Sintez, membranoaktivnie svoystva i biologicheskiye effektoʻ kraunefirov, T., 1987; Neyrotoksini v issledovaniyax biologicheskix membran, M., 1991.