Zarifa Saidnosirova
Zarifa Saidnosirova (1908-yil,31-sentyabr, Turkiston shahri, Qozogʻiston — 1986-yil 16-avgust, Toshkent) — kimyogar olima. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), professor (1970). Kimyo fanlari nomzodi (1945). Birinchi oʻzbek ayol rassomi. Taniqli maʼrifatparvar Saidnosir Mirjalilovning qizi, Oybekning rafiqasi.
Zarifa Saidnosirova | |
---|---|
Tavalludi |
1908-yil 31-sentyabr Turkiston shahri |
Vafoti |
16-avgust 1986-yil (77 yoshda) Toshkent shahri |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | Kimyo |
Mukofotlari | Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati |
Taʼlimi
tahrirToshkentda „Pestolotssi“ maktabi (1922—1926), Navoiy nomidagi taʼlim-tarbiya texnikumi (1924—1936) va soʻngra Rozanov tasviriy sanʼat studiyasida (1924—1926) oʻqigan. Soʻng Oʻrta Osiyo universiteti fizika-matematika fakultetining kimyo boʻlimini tugatib (1926—1930), oʻrta maktablar, xotin-qizlar bilim yurti va ishchilar fakultetida fizika, matematika va kimyo fanlaridan dars bergan.
Faoliyati
tahrirQishloq xoʻjalik institutida oʻqituvchi, dotsent va kafedra mudiri (1930—1986), Toshkent tibbiyot institutida oʻqituvchi (1932—1937), Oʻquv pedagogika nashriyotida muharrir (1934—1935) boʻlib ishlagan. Oʻrta maktablar va texnikumlar uchun „Kimyo“ darsligi (1933) muallifi. Zarifa Saidnosirova pedagogik faoliyatidan tashqari, volfram kompleks birikmalari va kimyo terminlarining ruscha-oʻzbekcha lugʻati ustida ilmiy ish olib borgan.
Zarifa Saidnosirova Oybek adabiy merosini saqlash, tartibga solish va nashr etish ishiga katta hissa qoʻshgan. U adibning oʻzbek tilidagi 2 jildlik „Mukammal asarlar toʻplami“ (1975—1985)ni, rus tilidagi 5 jildlik „Asarlar“i (1985—1987)ni nashrga tayyorlashda faol ishtirok etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Tasviriy sanʼatga oid ishlari Oybek uy-muzeyida saqlanadi.
Manbalar
tahrir- Kimyodan ruscha-oʻzbekcha qisqacha izohli lugʻat (hamkorlikda) T., 1975; Oybegim mening (xotiralar), T., 1994.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |