Toshpoʻlat Doniyorov
Toshpoʻlat Doniyorov (1892 — Toshkent — 1953) — oʻzbek xalq qoʻgʻirchoqbozi, yangi shakldagi davlat qoʻgʻirchoq teatri tashkilotchilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). "Chodir xayol" qoʻgʻirchoq teatrining mohir ijrochisi boʻlgan. Qadqoʻgʻirchoq oʻyinlari anʼanalaridan mohirona foydalangan va ularni targʻib qilgan. 1928-yil Toshkentda ish boshlagan Rus yo’sh tomoshabinlar teatri qoshida H. Abdullayev, M. Soliyev, A. Halimtoyev va b.dan iborat oʻzbek qoʻgʻirchoqbozlari truppasini tashkil etgan. Sahnalashtirgan "Saltanat" (S. Abdulla) spektakli bilan Moskvada oʻtkazilgan oʻzbek sanʼati dekadasi(1937)da qatnashgan. Qoʻgʻirchoq konsertlarida ishtirok etgan. Doniyorov yogʻochdan, keyinroq latta va qogʻozdan qahramonlar harakteriga mos qoʻgʻirchoqlar yasagan. 3. Ishoqova, A. Saydaliyev, N. Zayniddinov, M. Rahmatullayeva va b. Doniyorovning shogirdlaridir[1].
Adabiyot
tahrir- Qodirov M., Oʻzbekskiy traditsionniy teatr kukol, T., 1979.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |