ToshqalʼaKoʻhna Urganchning qad. qismida joylashgan oʻrta asr shahar qalʼasi xarobasi. S. P. Tolstoye tomonidan 1952 yilda oʻrganilgan. Qazishmalar natijasida shaharning baʼzi joylarida saqlanib qolgan T. devorlari (bal. 5,5 m) aniklangan. T. hududida qulagan qad. minora (Pa.)ning poydevori va uning yonidagi oʻrta asr masjidining pishiq gʻishtdan ishlangan sahni xamda ustunlarining piramida shaklidagi ostki qismi; karvonsaroy (14-asr), shuningdek, mahallaning bir nechta koʻchasi va hunarmandlarning gʻishtdan qurilgan uy qoldiqlari ochilgan. Baʼzi uylarda xitoy usulida isitish tizimi borligi aniklangan.

Minora atrofidan qirgʻinlardan guvohlik beruvchi qurolyarogʻ parchalari va odam suyaklari, xonalardan Xitoydan keltirilgan chinni idish parchalari va mahalliy hunarmandlar tomonidan ishlangan chinni buyumlar topilgan. T. uz. 1 km, eni undan kamroq boʻlgan notoʻgʻri koʻpburchak shaklidagi shahar sifatida baland qalʼa devorlari bilan oʻralgan. Qalʼa oldidagi chuqur xandaqlar unga toʻsatdan bosib kirish yoʻlini toʻsib turgan.

T. Chingizxon yurishidan keyin qayta tiklangan va 17-asrda Abulgʻoziyxon Koʻhna Urganch aholisini Yangi Urganchga koʻchirguncha gavjum shahar boʻlgan.institutlardan maʼlum boʻlishicha, T.ning tashqi davlatlar, asosan, Xitoy bilan savdo aloqasi keng yoʻlga qoʻyilgan. T. Xorazm poytaxtining oʻrta asrlarga oid tarixini yoritishda muhim ahamiyatga ega.

Adabiyot

tahrir
  • Tolstov S. P., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964; Tolstoye S. P., Po drevnim deltam Oksa i Yaksarta, M., 1962;Xalimov N., Pamyatniki Urgencha, Ashxabad, 1991.