Toyoyama (yaponcha: 豊山町 Toyoyama-chō?) Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Nishikasugai tumanida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shahardagi 6757 ta xonadonda 15630 nafar aholi istiqomat qiladi, aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 2529 nafarni tashkil etadi[1]. Shaharning umumiy maydoni 6,18 kvadrat kilometr (2,39 mi²) ga teng.

Toyoyama

豊山町
Shaharcha
Skyline of Toyoyama
Toyoyama
Bayroq
Toyoyama
Gerb
35°15′1.8″N 136°54′43.7″E / 35.250500°N 136.912139°E / 35.250500; 136.912139 G OKoordinatalari: 35°15′1.8″N 136°54′43.7″E / 35.250500°N 136.912139°E / 35.250500; 136.912139 G O
Mamlakat Yaponiya
Viloyat [[Chūbu vloyato
Tōkai viloyati]]
Prefektura Aichi
Yaponiya tumanlari|tuman Nishikasugai
Maydon 6.18 km2 (2.39 mi²)
Aholisi
 (2019-yil)
15 630 kishi
Zichligi 2500 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9
Telefon kodi 0568-28-0001
Toyoyama xaritada
Toyoyama
Toyoyama
Toyoyama shahrining 2019-yildagi havodan surati
Toyoyama aholisining oʻsish koʻrsatkichlari

Geografiyasi tahrir

Toyoyama markaziy Aichi prefekturasining tekislik hududida joylashgan. Shahar hududining uchdan bir qismini Nagoya aerodromi egallaydi.

Qoʻshni munitsipalitetlar tahrir

Demografiyasi tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Toyoyama aholisi soni soʻnggi 20 yil ichida oʻsib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19403,713—    
19504,265+14.9%
19604,612+8.1%
197011,005+138.6%
198013,693+24.4%
199013,213−3.5%
200013,001−1.6%
201014,404+10.8%

Iqlimi tahrir

Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Toyoyamada oʻrtacha yillik harorat 15,8 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1713 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 28,2 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,4 °C atrofida boʻladi[3].

Tarixi tahrir

Aoyama va Toyoba qishloqlari 1889-yil 1-oktyabrda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan Aichi Nishikasugai tumani tarkibida tashkil etilgan. Shahar qishloqlari 1906-yil 16-iyulda Toyoyamani tashkil qilish uchun birlashtirildi. Toyoyama 1972-yil 1-aprelda shaharcha maqomiga koʻtarildi.

Iqtisodiyoti tahrir

Mitsubishi Heavy Industries Aerokosmik boʻlimi Toyoyamada Mitsubishi Regional Jet mashinasini yigʻish bilan shugʻullanadi. Umumiy aviatsiya operatori Nakanihon Air Service ham Toyoyama shahridagi aeroport hududida joylashgan[4]. Toyoyamada Nagoya markaziy ulgurji bozori ham joylashgan.

Taʼlim tizimi tahrir

Toyoyamada uchta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuriatdi.

Transport tahrir

Aeroport tahrir

Temir yoʻl tahrir

Toyoyamada yoʻlovchi temir yoʻl xizmati mavjud emas.

Magistral yoʻl tahrir

  •   11-yoʻnalish (Nagoya tezkor yoʻli)

Toyoyamaning taniqli odamlari tahrir

Galereya tahrir

Toyoyamaning nolinchi kilometri monumenti
Toyoyama osmon hovuzi
Toyoyama-minami kirish qismi
Hachishojinja ziyoratgohi
Toyoyama shahridagi asosiy yoʻllar

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir