Tozalik sinflari
Tozalik sinflari - metallarga ishlov berishda ularning sirti tozaligi (silliq va gʻadirbudirlik darajasi)ni hisobga olish uchun belgilanadigan meʼyorlar; ishlov berilgan sirtlarning sifat koʻrsatkichi. Ishlov berilgan sirtlarning relyefi (qiyofasi)ni hosil qiluvchi notekisliklar majmui sirt gʻadirbudirligi deb ataladi. Tozalik sinflari metallar sirtidagi mikronotekisliklarning gʻadirbudirlik oʻrta chizigʻidan ogʻishi va notekisliklar balandligi bilan ifodalanadi. Oʻzbekistonda 14 Tozalik sinflari belgilangan. Tozalik sinflari standartlashtiriladi (qarang Standart, Standartlashtirish).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |