Trương Tấn Sang
Trương Tấn Sang (talaffuzi: Chyong Tan Shang) – 2011-yildan 2016-yilgacha Vyetnam Prezidenti[1]. Kommunistik partiya Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi. U 2011-yil iyul oyida Milliy Assambleyada oʻtkazilgan ovoz berishdan soʻng mamlakat prezidenti boʻldi. Chuong Tan Shang 1996-yildan buyon Siyosiy byuro aʼzosi. U 1996-yildan 2000-yilgacha Xoshimin shahrida partiya kotibi boʻlgan.
Trương Tấn Sang | |
---|---|
Vyetnam Prezidenti | |
Mansab davri 25-iyul 2011-yildan – 2-aprel 2016-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Nguyễn Tấn Dũng |
Oʻtmishdoshi | Nguyễn Minh Triết |
Vorisi | Trần Đại Quang |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-yanvar 1949-yil Hindixitoy |
Biografiyasi
tahrirTruong Tan Shang 1969-yil 20-dekabrda Kommunistik partiyaga qoʻshildi. 1971-yilda Janubiy Vyetnam hukumati tomonidan qamoqqa olingan, ammo 1973-yilda Parij tinchlik shartnomasi natijasida ozod qilingan. 1990-yilda Davlat boshqaruvi milliy akademiyasini bitirdi. 1991-yilda milliy partiya Markaziy qoʻmitasi aʼzosi boʻldi. 2006-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan partiya qurultoyida partiya tarkibi va tuzilishini nazorat qilish huquqini beruvchi partiya kotibiyatining mas’ul kotibi etib tayinlandi. 2011-yil 25-iyulda Shang Milliy Assambleya tomonidan Vetnam Prezidenti etib saylandi. Saylov kampaniyasida Shang davlatning hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilishga, shuningdek, Spratli orollari boʻyicha Xitoy bilan hududiy bahsni tinch yoʻl bilan hal qilishga vaʼda berdi. Vetnamni 2020-yilga borib sanoati rivojlangan va modernizatsiya qilingan mamlakatga aylantirish imkonini beradigan harakatlarni amalga oshirdi. 2013-yil 25-iyulda savdo masalalarini muhokama qilish uchun AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashdi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Новым президентом Вьетнама стал 62-летний Чыонг Тан Шанг“. ITAR-TASS (2011-yil 25-iyul). 2011-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.