"Trastbank" — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik birja banki. 1994-yil 21-iyunda bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya olgan. Boshqaruv idorasi Toshkent shahrida. "Poytaxt" va "Toshkent" filiallari bor. Asosan, yuridik va jismoniy shaxslarga joriy va valyutadagi xisobvaraklar ochish va yuritish; milliy va chet el valyutasidagi mablagʻlarni kredit, depozit va xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan boshqa shakllarda jalb qilish va joylashtirish; davlat toʻlov hujjatlarini va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olish, sotish va saqlash, chet el valyutasini sogish va sotib olish, faktoring, lizing xizmatlari kabi 12 turdagi amaliyotlarni bajaradi. Kapitalining yetarliligi boʻyicha respublikadagi 3 ta birinchi oʻrta banklar guruhida turadi. Bankning jami aktivlari (mln. soʻm) 10221,0 ustav kapitali 2002,4, kredit portfeli 3802,5, foyda 130,7, zaxira kapitali 778,6. Joriy likvidlik koeffitsiyenta 72,3%, kapital yetarliligi koeffitsiyenti 34,0% (2003)[1].

Trastbank ATB
Asosiy maʼlumotlar
Faoliyati Bank xizmatlari
Asos solingan 1994-yil 21-iyun
Trastbank Vikiomborda

Rasmiy ilovasi

tahrir

Bankning rasmiy ilovasi - TrustPay, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.[2]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. https://depozit.uz/partners/banks/trast-bank