Tree Roots — Vincent van Gogh tomonidan 1890-yil Auvers-sur-Oiseda yashab turgan vaqtda chizgan sanʼat asaridir[1][2]. Ushbu asar rassom ijodining manzarali suratlari orasida soʻnggi qoʻsh kvadratli kartinaning yaqqol namunasidir[3].

Tree Roots
: '

Vincent van Goghning Tree Roots (Daraxt ildizlari) surati
Rassom Vincent van Gogh
Yil 1890-yil
Joylashuvi Vincent van Gogh muzeyi, Amsterdam

Suratning chizilish tarixi

tahrir

1890-yil may oyida Van Gogh Sen-Remidagi Ruhiy kasalliklar shifoxonasini tark etgach, umrining soʻnggi oylarini Parij shimolidagi kichik qishloq hisoblangan Auvers-sur-Oiseda oʻtkazgan[4]. Baʼzilar ushbu suratni 1890-yil iyul oyida, yaʼni rassomning oʻlimidan biroz avval chizilgan eng soʻnggi asari sifatida bilishadi.

Jan Hulsker suratni rassomning ikki kvadratli suratlari orasida eng originali sifatida tavsiflagan. Muxlislar asarga qaraganda daraxtning ildizi va tanasini bir-biridan ajrata oladi deb hisoblashgan. Biroq, asarning bosh mavzusi nima ekanligini anglash qiyin[5]. Van der Veen va Knappning fikriga qaraganda, ushbu surat Trees and Undergrowth asaridagi kabi asosiy jihati asarning bosh mavzusi emas, suratning aynan oʻzidir, yaʼni asarning mavhumligi nemis ekspressionizmiga ishora qiladi[6].

Van Gogh 1882-yili Gaaga shahrida yashab turgan vaqtda Study of a Tree (pastda) nomli surat yaratgan. Van Gogh uni Sien asarining yoʻqolgan versiyasi bilan bir vaqtda tugatgan. Van Gogh akasi Theoga yoʻllagan maktubida bu suratlarda hayot uchun oʻz kurashini ifodalamoqchi ekanligini taʼkidlab oʻtgan. Van Gogh 1890-yilda shunday oʻy-xayollar bilan Tree Roots asarini yaratgani yoki yoʻqligi nomaʼlum. Manbalardan bunga oid hech qanday maʼlumot saqlanmagan. Asardagi ranglar orqali biror maʼnoni ilgʻab olish mushkul.

Yaratilgan joy

tahrir
 
Undergrowth with Two. 50 x 100, 1890-yil iyun oyi oxirlari
 
Tree roots in a sandy ground ('Les racines') surati. 1882-yil aprel-may, Kröller-Myöller muzeyi, Otterlo.

2020-yilda Van Gogh institutining ilmiy tadqiqotchilaridan biri Vouter van der Ven bir fransuz ayolining kolleksiyasida saqlab kelingan 1915-yildagi otkritka asosida Tree Roots deb nomlangan rasm qayerda yaratilganini aniqlagan. Rassomning soʻnggi ijodiy ishi Parijdan 20 mil shimolda, Van Goghning 70 kun yashagani taxmin qilinuvchi Auvers-sur-Oise qishlogʻidagi Auberge Ravoux pansionatidan 150 metr uzoqlikda joylashgani aytiladi. Otkritkadagi daraxtlar va ildizlarning joylashishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida mutaxassislar Van Gogh o‘zining so‘nggi rasmini shu yerda chizgan degan xulosaga kelganlar[7].

Manbalar

tahrir
  1. Van Gogh in Auvers: His Last Days. The Monacelli Press, 2010 — 242-bet. ISBN 1-58093-301-7. 
  2. The works of Vincent van Gogh. Amsterdam: Meulenhoff, 1970 — 307-bet. Qaraldi: 10 mayıs 2019. 
  3. The Complete Van Gogh: Paintings, Drawings, Sketches. Random House, 1986 — 476-bet. ISBN 0-517-44867-X. 
  4. Van Gogh: The Life. Random House, 2011 — 822 ff.-bet. ISBN 0-375-50748-5. Qaraldi: 20-mart. 
  5. Hulsker (1980) p. 476
  6. van der Veen and Knapp (2010) pp. 164, 242
  7. „Van Gogh: Postcard helps experts 'find location of final masterpiece'“. BBC News (28 temmuz 2020). 30 temmuz 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 ağustos 2020.

Adabiyotlar

tahrir
  • de la Faille, Yakob-Baart. Vinsent van Gogning asarlari: uning rasmlari va rasmlari . Amsterdam: Meulenhoff, 1970 yil. ISBN 978-1-55660-811-7
  • Hulsker, yanvar. Toʻliq Van Gog . Oksford: Faydon, 1980 yil. ISBN 0-7148-2028-8
  • Naifeh, Stiven; Smit, Gregori Uayt. Van Gog: Hayot . Profil kitoblari, 2011 yil. ISBN 978-1-84668-010-6
  • van der Veen, Wouter; Knapp, Piter. Van Gog Auvers filmida: uning soʻnggi kunlari . Monacelli Press, 2010 yil. ISBN 978-1-58093-301-8