Tropiklar
Tropiklar (yun. tropikos (kyklos) burilish doirasi), madorlar — yer yuzasida ekvatordan 23°27’ shimolida va janubiy da oʻtkazilgan faraziy parallel doiralar. Ekvatordan shimolida Shimoliy T. yoki Saraton madori, janubida Janubiy T. yoki Jadiy madori joylashgan. Quyosh qar bir T.da faqat bir marta: shimoliy tropikda 22-iyunda, janubiy tropikda 22-dekabrda zenitda (tik tepada) turadi. T. orasidagi joylarda Quyosh yiliga 2-marta zenitdan oʻtadi. Shimoliy tropikdan shimolida va janubiy tropikdan janubida Quyosh hech qachon zenitga kelmaydi, T.dan kaytadi.
...TROPIYA (yun. tropos — burilish; yoʻnalish) — oʻzlashma qoʻshma soʻzlarning ikkinchi qismi: burilish, biror tomonga yoʻnalganlik maʼnolarini bildiradi (mas., anizotropiya, izotropiya).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |