Yangi sulton ba’zi chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Yer solig‘i hosilning 1/10 ga kamaytirildi va davlat hisobidan kanallar qazildi. Sulton G‘iyosiddin Dehlida o‘zi uchun qizil qoya toshdan shahar qurdirdi va uni mustahkam qo‘rg‘on bilan o‘rab, unga Tug‘loqobod deb nom berdi. O‘zidan avvalgi sultonlar singari G‘iyosiddin faol tashqi siyosatni amalga oshirdi. Xazinani to‘ldirish maqsadida u o‘z o‘g‘li Jaunxon boshchiligida Dekanga yurish uyushtirdi, o‘zi esa Sharqiy Bengaliyani zabt etib, uning hukmdorini o‘z vassaliga aylantirdi (1324 y.). Jaunxon g‘alaba bilan poytaxtga qaytayotgan otasi sharafiga tantanali marosim o‘tkazdi. Ammo otasi turgan joydan jangovar fillar o‘tayotgan paytda yog‘ochdan qad ko‘targan ayvon qulab tushadi va sulton G‘iyosiddin halok bo‘ladi. Bu “baxtsiz hodisa” taxtni egallash payiga tushgan Jaunxon tomonidan tayyorlangan edi. Jaunxon Muhammadshoh nomi bilan taxtga chiqdi (1325–1351 yy.).

Muhammad Tug‘loq layoqatli sarkarda, ammo beshafqat, o‘z boshimcha hukmdor bo‘lib, o‘zining noma’qul xatti-harakatlari bilan davlatni halokat yoqasiga olib keldi. Ma’lumki, ulkan Dehli imperiyasini boshqarish, ko‘p sonli armiyani ta’minlash, davlat apparatini idora qilish ko‘p mablag‘ talab qilar edi. SHu bois Muhammadshoh dehqonlardan qo‘shimcha soliqlar – abvob yig‘a boshladi. Bu soliqlar nihoyatda og‘ir bo‘lgani sababli dehqonlar xonavayron bo‘lib, o‘z xo‘jaliklarini tashlab, o‘rmon lardan panoh topar edilar. Viloyatlarda dehqonlar siyraklashib, xazinaga daromad tushmay qoladi. Buning ustiga mamlakatda qurg‘oqchilik ro‘y beradi. Sulton bu murakkab ahvoldan chiqish niyatida mamlakatda mis tangalar zarb ettirib, ularni tilla va kumush tangalar o‘rnida muomalaga kiritishga farmoyish berdi. Natijada o‘sha paytda ijod qilgan tarixchining yozishicha, “har bir hinduning uyi o‘ziga xos pul zarbxonasiga aylandi”. Savdogarlar bu chaqa pullarga mol sotmay qo‘yadilar. Oqibatda o‘lkada pul tizimi va iqtisod barbod bo‘ladi. Sulton mis tangalarni oltin va kumush tangalar bahosida sotib oladi, xazina esa batamom bo‘shab qoladi. O‘ta qattiqqo‘lligi va shafqatsizligi bilan nom chiqargan Muhammad Tug‘loq “Xuniy” (“Qonxo‘r”) laqabiga “sazovor” bo‘ladi. Sulton isyonkor amirlarni ta’qib etib, Txatta (Sind)ga kelganda, bezgak kasalidan o‘ladi. Taxtga uning amakivachchasi Feruz Tug‘loq chiqadi (1351–1388 yy).

Feruzshoh avvalgi sulton hukmronligining halokatli oqi batlarini bartaraf etish yuzasidan keskin choralar ko‘radi. Jumladan, abvob solig‘i bekor qilinadi, yer solig‘i kamaytiriladi, hosildor yerlarning ko‘paytirish maqsadida Duobda yangi kanallar ochiladi, bozorlardagi og‘ir boj solig‘i yo‘q qilinadi, harbiy boshliqlarga qo‘shimcha yerlar in’om etiladi, haddan tashqari azobu qiynoqlarni man etish haqida farmoyish beriladi. Musulmon harbiy boshliqlarga bir qator imtiyoz berilgan bo‘lsada, ularning ayirmachilik xatti-harakatlariga barham bera olinmaydi. Feruzshohning davlat butunligini saqlab qolishga qaratilgan urinishlari muvaffaqiyatsiz chiqadi.

Bengaliya bilan Dekan Muhammadshoh davridayoq saltanatdan ajralib chiqqan edi. Orissa bilan Sindga yurishlar samara bermaydi. Keksaygan sulton dunyo dan o‘tishi bilan feodal guruhlari ichidagi kurash qizib ketadi. Zaiflashib, kuchsizlanib borayotgan imperiyaga yurish qilgan Amir Temur qo‘shinlari unga qaqshatqich zarba beradi (1398 y).

Saidlar sulolasi.

tahrir

1314 yilda tug‘loqiylar sulolasidan so‘ngisi o‘zi ga voris tayinlanmasdan olamdan o‘tadi. 1404 yili temuriylar tomonidan Mo‘lton va Panjob noibi etib tayinlangan Xizrxon Said Dehli hokimiyatini o‘z qo‘liga oladi. Xizrxon Said (1414–1421 yy.) temuriylarning vassali sifatida davlatni boshqaradi. Uning o‘g‘li Muborakshoh (1421–1434) o‘z hukmronligining oxirida temuriylarga bo‘ysunmasdan musta qillik ramzi sifatida o‘z nomidan tanga pullar zarb ettiradi. U Duobdagi isyonchi feodallarga qarshi yurishlar qiladi. Saroydagi a’yonlar suiqasd qilib, Sultonni o‘ldiradilar. Taxtga uning jiya ni Muhammadshoh (1434–1445 yy.) chiqadi.


Uning taxtga o‘tiri shiga yordam bergan Loxur va Sirhind (Panjob) hukmdori, afg‘on larning lo‘di qabilasiga mansub bo‘lgan Baxlulxon davlatda eng nufuzli shaxsga aylanadi.

Muhammadshoh vafotidan so‘ng saidlar sulolasining so‘nggi vakili bo‘lgan Olamshoh (1445–1451 yy.) hokimiyat tepasiga keladi. Bu vaqtda Dehli sultoni turli feodal guruhlarning qo‘g‘irchog‘iga aylanib, nomiga hukmronlik qilardi. U davrda xalq orasida “Hokimiyat Shoh Allam, az Dehli to Palam” ya’ni, «Shoh Alamning hokimiyati Dehlidan Palamgacha» degan ibora keng tarqalgan edi.

Lo‘dilar sulolasi.

tahrir

Sulton Baxlul (1451–1489) lo‘dilar sulolasiga asos soladi. Qariyb 40 yil hukm surgan Baxlul saltanat hududini kengaytirish maqsadida tinmay urushlar olib boradi. Uning eng xavfli dushmani bo‘lmish Jaunpur xoni 1479 yilda tor-mor etiladi.

Baxlulning o‘g‘li Iskandarshoh (1489–1517 yy.) o‘z noiblari va vassal xonlarni qattiq nazorat ostiga oladi, ay g‘oqchilar soni ko‘ paytiriladi. Iskandarning onasi garchi hindu oilasidan chiqqan bo‘l sada, o‘zi sunniy mazhabiga mansubligi bois hindularga nisbatan zug‘um o‘tkazadi, ehromlarni vayron qiladi, hindu haykallarini chil-parchin qiladi.

Uning o‘g‘li Ibrohim (1517–1526 yy.) saltanatning avvalgi qud ratini tiklash, feodallarning o‘zboshimchaligini jilovlashga intiladi. U Malva va Gvaluporga yurishlar uyushtiradi. Ammo uning zolimligiyu afg‘on lashkarboshilari kuchini sindirishga urinishlari isyonlar chi qishiga sabab bo‘ladi. Oxir oqibatda feodallardan ba’zilari sultonning zulmidan xalos etishini so‘rab Qobul hokimi Zahriddin Muhammad Boburga murojaat qildilar. G‘aroyib va ajoyib Hindiston o‘lkasini qo‘lga kiritishni niyat qilgan Bobur 1526 yili Dehli yaqinidagi mashhur Panipat maydonidagi jangda Ibrohim Ludiy qo‘shinlarini yengadi. Natijada ikki yuz yildan ziyod Hindistonni idora qilgan boburiylar sulolasiga asos solinadi.

Manbalar

tahrir

O'zbek tilida:

1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.

2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.

3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.

Rus tilida:

1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.

2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.

3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.

Hind tilida:

1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५

रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८

2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९   

3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५  

4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२

Urdu tilida:

.6ڈاکٹر مبارک علی  "جدید تاریخ"،  فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١

.7محمد علی چراغ  "تاریخ ِ پاکستان "  سنگ ِ میل ،  ٢٠١٢

.8  رماشنکرترپاٹھی  "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ  فروغ  اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨   مترجم :سید سخی حسن نقوی

.9 شیخ محمد رفیق  مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر  عصمت نانر  "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠

پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10

11.ڈاکٹر مبارک علی  "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥

.12 ڈاکٹر مبارک علی  "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان  اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧

.13   محمد علی چراغ  "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠

.14مولانا ابو ا لکلام  آزاد  "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣

Ingliz tilida

1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.

2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.

3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.

4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.

5. Hameed.  Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute.  Islamabad, Pakistan, 2008.

6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999

7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.

8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010

9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002

10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.

11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008

Davriy nashrlar:

Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.

2. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

3. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.

4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm