Tugʻshoda I
Tugʻshoda (Tok-Ispada, Turksabas; 674 yoki 681 — 724) — 681 — 724 yillarda Buxoro davlatida hukmronlik qilgan Buxorxudotlar sulolasiga mansub hukmdor. Arab manbalarida Togʻshada (Tugshada, Tagshada) nomi bilan mashhur[1].
Tugʻshoda I | |
---|---|
Oʻtmishdoshi | Bidun |
Davomchisi | Tugʻshoda II |
Tugʻilishi | Buxoro |
Vafoti | 724 |
Uy | Buxorxudotlar hokimligi |
Otasi | Bidun |
Onasi | Xutak xotun |
Dini | Zardushtiylik |
Biografiya
tahrirTug‘shoda Buxorxudotlar sulolasidan chiqqan. Buxoro davlati hukmdori Bidun va soʻgʻd ishxidi Shishpirning qizi boʻlgan Berxon yoki Xutak-Xotunning oʻgʻli. 674 – 681–yillarda otasi vafot etgandan so‘ng (birinchi sana ko‘proq taxmin qilinadi) Buxoro taxtiga o‘tirgan, lekin yoshligi sababli hokimiyatni onasi qo‘liga oladi. Bu vaqtda arab bosqinchilariga qarshi kurash boshlandi.
705–yilda u hokimiyatni o'z qo'liga oldi. Bu vaqtda arablar bilan kurash qayta boshlanadi. Shu bilan birga, yetakchi shaharlari, xususan Poykend va Vardonze amalda mustaqillikka erishdi. 706 yilda ular o'rtasida kurash boshlandi. Tug‘shodaga turgesh xoqoni Ushlik va so‘g‘d ixshidi Tarxun yordamga keldi. Biroq 707–708–yillar davomida Qutayba ibn Muslim Buxoro vohasi shaharlarini, 709–yilda esa Buxoroni egallaydi. Tug‘shoda Umaviylar xalifaligining hokimiyatini tan olishga majbur bo'ldi va arab qo‘shinlarini Buxoroda joylashtirishga ruxsat berdi.
712/713–yillarda Buxorodagi shahar qalʼasida birinchi masjid qad koʻtarib, islomni qabul qilgan har bir buxorlik uchun pul mukofoti eʼlon qilingan. Ammo Tug‘shoda zardushtiylik diniga sodiq qoldi.
718-yilda So‘g‘dning G‘u‘rak, Ixshid va Chag‘oniyonning Tish, Xudat hududlari bilan birgalikda arablarga qarshi yordam so‘rab Tan imperatori Syuantszunga elchi yubordi.
720–yillarning boshlarida u Turgesh xoqoni Suluk-Chor bilan ittifoq tuzdi. Ammo 724–yilda vafot etdi. Uning o'rniga to‘ng‘ich o‘g‘li Tug‘shoda II Buxora taxtiga o‘tirdi[2] .
Manbalar
tahrir- ↑ To‘rayev. H. Buxoro tarixi. Durdona, 2020 — 73-bet. ISBN 978-9943-6571-0-6. Qaraldi: 4-iyul 2023-yil.
- ↑ Robert G. Hoyland. In Gods Path: The Arab Conquests and the Creation of an Islamic Empire. Oxford University Press, 2014 — 120–121-bet. ISBN 9780190209650.
Adabiyot
tahrir- B. A. Litvinsky, Ahmad Hasan Dani (1996). History of Civilizations of Central Asia: Crossroads of civilizations, A.D. 250 to 750. UNESCO. ISBN 9789231032110.
- Bosworth, C. Edmund. «BUKHARA ii. From the Arab Invasions to the Mongols». Encyclopaedia Iranica, Vol. IV, Fasc. 5. London et al.: C. Edmund Bosworth. pp. 513—515(ingl.).