Tun Abdulaziz masjidi (malaycha: Masjid Tun Abdul Aziz) – Masjid Tun Abdul Aziz yoki Masjid Bulat (Dumaloq masjid) nomi bilan tanilgan Malayziyaning 13 ta davlatidan biri hisoblanuvchi Selangorning Petaling Jaya shahrida joylashgan masjid. Masjid Jalan Semangat va Jalan Datoʻ Abdulaziz hududlari oʻrtasida joylashgan. Bino 1975–1977-yillarda modernistik uslubda qurilgan. 1977-yilning 31-iyulida selangorlik Almarhum Sulton Salohiddin Abdulazizshoh tomonidan rasman ochib berilgan. Tun Abdulaziz masjidi 1955-yildan 1956-yilga qadar Selangorning sobiq Menteri Besari (Bosh vazir) va 1957-yildan 1964-yilgacha hukumatning birinchi bosh kotibi, keyinchalik esa 1971-yildan 1975-yilgacha Malakka Yang di-Pertua Negeri (gubernatori) Tun Abdulaziz Abdulmajid sharafiga nomlangan[1].

Masjid
Tun Abdulaziz masjidi
malaycha: Masjid Tun Abdul Aziz
Mamlakat  Malayziya
Selangor Petaling Jaya
Koordinatalar 3°06′44″N 101°38′08″E / 3.1122°N 101.6355°E / 3.1122; 101.6355
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir