Kiprikli chuvalchanglar

(Tur bellyariyalardan yoʻnaltirildi)

Kiprikli chuvalchanglar, tur bellyariyalar (Turbellaria) — yassi chuvalchanglar sinfi. Tuban tuzilgan ikki tomonlama simmetriyali hayvonlar. Tanasi kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ogʻzi tanasining oldingi uchida yoki qorin tomonida. Ichagi xaltasimon, baʼzan yosh shoxchalarga ega, anal teshigi boʻlmaydi. Tuban Kiprikli chuvalchanglarda oziq parenximada hazm boʻladi. Ayirish organi protonefridiylar (tuban tuzilgan Kiprikli chuvalchanglarda boʻlmaydi). Tuban Kiprikli chuvalchanglar nerv sistemasi teri ostida tarqoqjoylashgan nerv hujayralaridan, boshqalarda bosh gangliylar va koʻndalang nerv tolalari bilan oʻzaro bogʻlangan bir necha juft boʻylama nerv stvollaridan iborat. Germafrodit. Kiprikli chuvalchanglar gnatostomulidlar, temnotsefallar, udonellidlar, se-relatlar kabi 11 ta turkumga boʻlinadigan 3000 ga yaqin turni oʻz ichiga oladi. Koʻpchiligi yirtqich, erkin yashaydi. Dengiz va chuchuk suv havzalarida, koʻpincha, suv tubida uchraydi; ayrim.turlari ignaterililar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladi. Nam tropik oʻrmonlarda quruqlikda yashaydigan turlari ham bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil