Turdi Aliboy madrasasi
Turdi Aliboy madrasasi — Samarqand madrasasi. Turdi Aliboy madrasasi 1867—1868-yillarda, Buxoro amiri Amir Muzaffarxon davrida, Turdi Aliboy ibn Elmurodboy tomonidan bunyod etilgan. Madrasa hujralari tepasi gumbazli boʻlgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasaning janub tomonida masjid va tahoratxonasi mavjud boʻlgan. Mazkur madrasada 28 nafar talabaga 1 nafar mudarris tomonidan dars oʻtilgan. Madrasada 1 ta imom, 1 ta muazzin, 1 ta meshkopchi, 1 nafar sartarosh, 1 nafar farrosh faoliyat yuritgan. Mazkur dargoh vaqf mulkiga ega boʻlgan. Mazkur madrasa faoliyatini 1 nafar mutavvali boshqargan. Tadqiqotchi Mahkamoy Tursunova tadqiqotida N. P. Ostroumov madrasa hijriy 1284-yil (1867—1868) yillarda bunyod etilgani, 13 nafar hujrada 20 nafar talaba istiqomat qilishi va madrasa vaqf mulkidan 18 rubl daromad olinganligini qayd etgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan[1]. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. Mazkur madrasaga oid 1882—1890-yillarga oid vaqf hujjatlari mavjud. 1882-yilgi rasmiylashtilgan hujjatda madrasaga mulla Muhammad Yaʼqub mutavvali boʻlgan. Madrasa uchun Qum qishlogʻida 20 tanob yer, Mullaxoja qishlogʻida 37 tanob yer vaqf qilingan. Mazkur hududlar rus bosqiniga qadar Orifkent tumani deb nom olgan. Mazkur madrasa shoʻrolar davrida buzilib ketgan[2].
Madrasa | |
Turdi Aliboy madrasasi
| |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Samarqand viloyati |
Shahar | Samarqand |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Turdi Aliboy ibn Elmurodboy |
Homiylar | Turdi Aliboy ibn Elmurodboy |
Binokorlik | 1867—1868-yillar—??? |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 14 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Meʼmorchiligi
tahrirTurdi Aliboy madrasasi 14 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.