Turkiston fronti
Turkiston fronti (Turkfront) — RSFSR Qurolli kuchlarining Oliy bosh qoʻmondoni S.S. Kamenevning direktivasiga asosan 1915-yil 15 avgustda Samara, Astraxon, Orenburg gubernyalari va Ural viloyati hududida Sharqiy frontning Janubiy guruh armiyalari asosida tashkil qilingan front (1919—26). Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga qarshi kurash maqsadida tuzilgan. Turkiston frontiga dastlab 1, 4, 11armiyalar kiritilgan. 1919-yil 25 avgustda Turkiston Respublikasidagi barcha qizil askar qismlari ham unga boʻysundirildi. Turkiston frontini harbiy va partiyaviy jihatdan Inqilobiy harbiy kengash (Revvoyensovet) va Siyosiy boshqarma boshqargan. M.V. Frunze Turkiston frontiniing 1qoʻmondoni boʻlgan (1919-yil 15 avgust — 1920-yil 10 sentabr).
1919-yil 20 noyabrda Turkiston fronti harbiy shtabi Samaradan Toshkentga kelib oʻrnashgan. M.Frunze Toshkentga kelgach (1920-yil fevral), harbiy harakatlarda bevosita qatnashgan. Rossiya markazidan doimiy ravishda katta miqsordagi qizil askarlar Turkistonga yuborilgan. Masalan, 1919-yil yozida Turkiston Respublikasidagi qizil armiya qismlarida 70 ming jangchi boʻlgan boʻlsa, Turkiston fronti tashkil qilingandan keyin 150 ming jangchi va 370 ta pulemyot Rossiyadan Turkistonga tashlangan. 1920-yil 1 sentabrda qizil askarlarning soni 370 ming kishiga yetgan. Turkiston fronti jangchilari istiqlolchilarga qarshi kurash bilan cheklanmasdan, 1920-yil 2 fevral Xivada xonlik va 2 sentabrda Buxoroda amirlik tuzumini agʻdarib tashlab, bu davlatlar hududini ham bosib olgan (qarang Buxoro bosqini).
Turkiston frontiga M.Frunzedan tashqari G.Sokolnikov (1920—21), V.Lazarevich (192122), V.Shorin (1922), A.Kork (1922 — 23), S.Pugachyov (1923 — 24), M.Levandovskiy (1924—25), Avksentyevskiy (1925 — 26) qoʻmondonlik qilgan.
1920-yil 4 iyunda Turkiston fronti asosida Oʻrta Osiyo harbiy okrugi tuzilgan.
Adabiyot
tahrir- Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti T., 2000; Rajabov K,., Buxoroga kizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |