Turkiston legioniMarkaziy Osiyoda tug'ilgan turkiylardan tashkil topgan Vermaxt ning bo'linmasi. Sovet propagandasi bo'linmaning tashkil topishida Mustafo Choʻqayni ayblagan, lekin bunday bo'linmani tashkil qilishni olmonlar 1933-yilda o'ylab qo'ygan edilar. Axir, Turkiston legioni faqatgina ulkan Sharqiy legionning bir qismi edi. Cho'qayga antisovet muhojiri sifatida 1941-yili buni taklif qilishgan edi. Lekin, u rozi bo'lmaydi va Turkiston legionining birinchi boshlig'i deb oʻzbek millatiga mansub boʻlgan Vali Qayumni tayinlashadi.

Turkiston legioni

Turkiston legioni ramzi
Turi: Vermaxt tarkibidagi legion
Mamlakat: Natsistik Germaniya bayrogʻi Uchinchi reyx
Faoliyat yillari: 1941-1945
Tarkibi: 25.000 - 100.000
Shiori: "Tengri Biz Menen"
Qatnashgan: Ikkinchi jahon urushi

Ularni birlashtiradigan asosiy maqsad Turkistonni rus zulmidan ozod qilish edi. Bo'linmani to'ldirib turadigan manba turkiy millatiga mansub ko'ngillilar, Qizil armiya tarafida kurashgan va asirga tushgan askarlar hamda Yevropa va Turkiyada yashaydigan muhojirlar edi.

 

Bu paytga kelib Turkiston 23 yildan beri SSSR tarkibida edi (1918-yildan bolsheviklar tomonidan Turkiston muxtoriyati mag'lub etilganidan so'ng). Shu bilan birga, aytib o'tish kerakki Rossiya imperiyasi ham Turkistonda attigi 40 yil hukmronlik qildi. Qo'lida miltiq ushlab kelgan xalq mahalliy aholining ko'ngliga yo'l topa olmadi. Ko'pchilik yangi hukumatga qarshi bosh ko'tarmasa ham, ko'nglida to'laligicha mustamlakachilikka qarshi edi. Lekin, 1941-yilga kelib sovet propagandasi avjiga chiqqan, o'sib kelayotgan avlod esa komunistik ruhda o'sayotgan edi va bu yilga kelib xalqning sovetlar davlatiga qarshi bosh ko'tarishi iloji yo'qdek tuyulardi. Lekin, muhojirlikda yashayotgan xalq sovet hukumatini qulashi turkiy yerlar ozod bo'lishini chin dildan xohlar edi. Shu odamlar orqali olmonlar antisovet legionlarini tuzishga ahd qilishdi.

Harbiy harakatlarda ishtiroki

tahrir

Turkiston legioni 1941 yilning 15-noyabrida tashkil qilingan. Turkiston polkining 444-qo'riq diviziyasi sifatida yaratilgan. «Turkiston polki» 4ta rotadan tashkil topgan edi. Qishda 1941/42yillar Shimoliy Tavriyada harbiy harakatlarda ishtirok etgan. 1942-yilning fevralida Polshada Turkiston legioning o'qiv lageri tashkil qilingan. Sharqiy legionga bo'ysunardi. (nemischa: Kommando der Ostlegionen ). 1942-yilning qishida frontga 2ta turkiston batalyonlari yuborilgan (450 va 452), keyin — to'rtta (781—784), bahorda 1943-yili — 8ta batalyon (785—792). Polsha territoriyasida barchasi bo'lib 14ta turkiston batalyonlari tuzilgan.1944-yilga kelib fronta 24ta batalyon ishtirok etgan.

Ko'pchilik turkiston batalyonlari general-polkovnik Fridrix Paulyusning 6-armiyasiga tegishli edi. 1942 yildan 1943-yilgacha Astraxanda 16-motodiviziya tarkibida 450, 782 и 811- turkiston batalyonlari ishtirok etishgan. 1943 yil mayida Noyxammerda general-mayor fon Nidermayer rahbarligi ostidа 162-turkiston piyoda askarlari tuzilgan. 1943-yili diviziya Sloveniyaga, keyin esa Italiyaga yuboriladi. Urush so'nggida Sharqiy-turkiy SS bo'linmasi bilan qo'shib yuboriladi. Urush oxirigacha Turkiston legioniga oʻzbek millatiga mansub boʻlgan Boymirza Hayit boshchilik qiladi. Shu alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Boymirza Hayit Oʻzbekistonning mustaqilligini ko'rishga erishadi.

Maqsadlar

tahrir

Turkiston legionining askarlariga Buyuk Turksiton davlati tuzilishi vada qilingan edi.Shu ,bilan birga Buyuk Turkiston tarkibiga O'rta Osiyo, Boshqirdiston, Volgabo'yi, Ozarbayjon, Shimoliy Kavkaz va Sintzyan ham qo'shilishi kerak edi.[1].

Qiziq malumotlar

tahrir
  • Turkiston legionining bayrog'i Qo'qon xonligi bayrog'i asosida yaratilgan.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir