[1] Qur‘oni Karim tarjimalari va tafsirlarning eng eskisi „ Turkiy tafsir “ ( O‘rta Osyo tafsiri ) nomini olgan. Qo‘lyozmasi Qarshidan topilgan. Asar Qur‘on Karim suralarining so‘zma - so‘z tarjimasi va sharhidir. Tarjimon va qo‘lyozma kotibning oti ma‘lum emas. Asarning tuzilgan davri va qo‘lyozmaning ko‘chirilgan sanasi ham noma‘lum. Matinning til xususiyatlariga tayanib asar XII - XIII yuzyilliklarda yaratilgan deya taxmin qiladilar. Asarning dastlabki bo‘limi XLIX surasiga qadar Qur‘oni Karim tarjimasidir. So‘ngra ayrim bo‘limlarining sharhi beriladi. Satrosti tarjimalari turkiy tilning sintaktik qurulishiga emas , arab tilining gap qurilishiga moslashgan.[2]

  1. Qosimjon Sodiqov „Akademnashr“,. Eski o`zbek yozma adabiy tili, Toshkent, 2020 — 63 bet. 
  2. Borovkov. Turkiy tafsir, 1963.