Turkiya — Shvetsiya munosabatlari

Turkiya — Shvetsiya munosabatlari Turkiya va Shvetsiya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir sanaladi.

Turkiya — Shvetsiya munosabatlari

Shvetsiya

Turkiya

Shvetsiyaning Anqarada elchixonasi va Istanbulda bosh konsulligi mavjud. Turkiyaning Stokgolmda elchixonasi ish faoliyatini olib bormoqda.

Har ikki davlat Yevropa Kengashi, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va Oʻrta Yer dengizi Ittifoqi kabi tashkilotlarning toʻlaqonli aʼzolari sanaladi.

Tarixi

tahrir

2009-yil iyul oyida Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik qilgan Shvetsiya Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatladi[1][2]. Shvetsiya Yashillar partiyasi Fransiya va Germaniyaning Turkiya aʼzoligiga qarshi noroziligini tanqid qildi[3].

Biroq 2022-yil may oyida Turkiya Shvetsiya hududi „terrorchilar uchun boshpana“ ekanligini tushuntirib, Shvetsiyaning NATOga kirishiga qarshi chiqdi.

Arman genotsidi

tahrir

2008-yil 12-iyunda Riksdag 1915-yil voqealarini haqiqiy genotsid deb belgilashdan bosh tortdi. 2010-yil 11-martda Riksdag oxir-oqibat armanlar genotsidini tan olish haqidagi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi[4].

Ovoz berishda farq bitta ovozni tashkil etdi: 131 kishi yoqladi, 130 nafari qarshi, 88 nafari ovoz bermadi. Turkiya zudlik bilan Shvetsiyadagi elchisini chaqirib oldi va ikki davlat oʻrtasida 2010-yil 17-martda boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan muzokaralarni bekor qildi[5][6].

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘an esa, „Siyosiy hisob-kitoblar uchun qabul qilingan bu rezolyutsiyani qattiq qoralaymiz“ deb bayonot berdi.

Manbalar

tahrir
  1. „Turkey Has Friends in EU, Swedish Prime Minister Fredrik Reinfeldt“. Turkish Weekly (2009-yil 21-aprel). 2009-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 22-may.
  2. „EU'S UPCOMING PRESIDENT EXTENDS FULL SUPPORT FOR TURKEY'S MEMBERSHIP“. TurkNet (2009-yil 5-avgust). 2011-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 22-may.
  3. „Sweden’s Greens: Opposition to Turkey due to Islamophobia“. Today's Zaman (2009-yil 11-may). 2009-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 22-may.
  4. [1]
  5. „Déjà Vu? Turkey Recalls Ambassador to Sweden“. Armenian Weekly (2010-yil 11-mart). 2010-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-mart.
  6. „Sweden angers Turkey with Armenian vote“. RTÉ (2010-yil 11-mart). 2010-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-mart.